Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Buyuk to'qnashuv»ga 3 kun qoldi. Messi esa g'alabani ko'zlamoqda

Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi “Real” klubiga qarshi uchrashuv oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

.
- Yuklab olish

Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi “Real” klubiga qarshi uchrashuv oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Argentinalik futbolchining so'zlariga ko'ra, “Santyago Bernabeu”da o'tadigan o'yin natijasi u uchun juda muhim hisoblanadi.

“Klasikoda g'alaba qozonish boshqacha kayfiyat ulashadi. Ayniqsa, “Santyago Bernabeu” stadionidan g'alaba bilan qaytish juda ham muhim.

“Real” ustidan qozoniladigan g'alaba bizga chempionatda katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Bu haqda avval jamoadoshim Andres Inesta ham ta'kidlab o'tgandi.

To'g'ri, “Real” hozir musobaqa jadvalida ikkinchi o'rinda emas, bizga katta raqobat ko'rsata olmayapti.

Lekin baribir yangi yilga g'alaba qozonib o'tishni istayapmiz va bu maqsad yo'lida bor kuchimizni ishga solamiz”, deydi Messi.

Ma'lumot uchun, “Barselona” Ispaniya chempionatining 16 turidan so'ng 42 ochko jamg'argan holda musobaqa jadvalini boshqarib bormoqda.

“Real” esa 31 ochko bilan (bitta zaxirada o'yini bor) 4-o'rinni egallab turibdi.

Eslatib o'tamiz, “Real” – “Barselona” uchrashuvi 23 dekabr, shanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi.

BestMaster
20 Dekabr 2017, 22:10
«buyuk, toqnashuv»ga, qoldi, messi, galabani, kozlamoqda,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 8
 taysin  
Messi osmondan yerga tush qakana
20 Dekabr 2017, 22:15
 taysin  
Messi osmondan yerga tush pakana
20 Dekabr 2017, 22:16
 1525  
Hali kurasan
20 Dekabr 2017, 23:30
 1525  
Yangi yilni yig'lab kutib olasan
20 Dekabr 2017, 23:31
 1525  
Teshilib ketgan holda
20 Dekabr 2017, 23:32
 1525  
Ushanda gaplashamiz sen bilan
20 Dekabr 2017, 23:32
 1525  
Davay real
20 Dekabr 2017, 23:33
 xatlon  
Пакана меси еглаб юборасанхоли
21 Dekabr 2017, 19:53
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads