Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real» – «Barselona»: Kataloniyaliklar «Bernabeu»ga uchinchi marta katta farq bilan tashrif buyurishadi

23 dekabr kuni "Real" va "Barselona" o'rtasidagi navbatdagi to'qnashuv ro'y beradi.

.
- Yuklab olish

23 dekabr kuni "Real" va "Barselona" o'rtasidagi navbatdagi to'qnashuv ro'y beradi. Kataloniyaliklar jadvalda 11 ochko oldinda borayotgan holda "Santyago Bernabeu"ga tashrif buyurishadi. Ammo "qaymoqranglilar" safida yana 1ta zaxira o'yini borligini ta'kidlash lozim.

Ushbu jamoalar o'rtasidagi to'qnashuv tarixida uchinchi marta "ko'k-anorranglilar" La ligada raqibidan katta farq bilan oldinda borgan holda Madridga tashrif buyuradigan bo'lishdi.

1991 yilda "Real" so'nggi turda "Barselona"ni qabul qilgandi. O'shanda 13 ochko ortda qolib ketgan "Qirollik klubi" muddatidan oldin g'olibni qo'lga kiritgan "Barselona"ni ehtirom bilan kutib olgandi: madridliklar chempionlik yo'lagini tashkil qilishgandi.

2012/13 yilgi mavsumda "Real Madrid" Joze Mourino boshchiligida "Santyago Bernabeu"da "Barsa"ni qabul qilganida, raqibdan 16 ochko ortda qolib ketishgandi. Shunga qaramay, madridliklar mazkur to'qnashuvda g'alaba qozonishgandi.

Mazkur mavsumda Primeraning 16-turidan keyin "Barselona" azaliy raqibidan 11 ochko oldinda bormoqda. Chempionatdagi intrigani qaytarish uchun Zidan shogirdlari g'alaba qozonishlari talab etiladi. Shunda yo'qotilgan ochkolar evaziga farq 5 ochkoni tashkil etadi. Aks holda "Madrid"ning ushbu mavsumda chempion bo'lishi juda qiyin bo'lib ketadi.

Eslatib o'tamiz, "el-klasiko" 23 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 17:00da start oladi.

BestMaster
18 Dekabr 2017, 22:10
«real», «barselona», kataloniyaliklar, «bernabeu»ga, uchinchi, marta, katta, farq, bilan, tashrif, buyurishadi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads