Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

“Real”da mavsumning eng yaxshi o'yinchisi kim?

Ushbu mavsumning so'nggi turida qozonilgan g'alabadan so'ng, “Real” uzoq kutilgan La Liga chempionligini qo'lga kiritdi. 

.
- Yuklab olish

Ushbu mavsumning so'nggi turida qozonilgan g'alabadan so'ng, “Real” uzoq kutilgan La Liga chempionligini qo'lga kiritdi. Bu albatta, mavsum mobaynida etakchi futbolchilarining ko'rsatgan mahoratlari evaziga bo'ldi.

Biroq, “qaymoqlilar”ning eng yaxshi o'yinchisi maqomiga kim haqli? Ramos, Modrich, Beyl, Isko, Xames, Asensio, Marselo, Karvaxallarning jamoada o'z o'rni bor. Biroq, Goal ashri talqiniga ko'ra eng yaxshilar quyidagicha:

Alvaro Morata

Jamoaning asosiy hujumchisi Karim Benzema La Liga va Chempionlar Ligasida (ayniqsa, « Atletiko »ga qarshi bahsda) bir tekis bo'lmagan yuqori saviyadagi o'yinlarini namoyish etdi. Biroq, zaxirada o'tiradigan Morata esa La Liga o'yinlarida ancha samarali natijalarga erishdi. Aynan u 15 gol kiritib, klubda Krishtianu Ronaldudan (25 gol) keyingi eng yaxshi to'purarga aylandi.

Morataning gollari ham muhim bo'ldi. Uning “Vilyarreal”ga kiritgan g'alaba to'pi, “Selta”, “Sporting Xixon” jamoalariga kiritgan gollari, “Leganes”ga kiritgan xet-triki “Real”ning chempionlik uchun kurashishida muhim ahamiyat kasb etdi.

Toni Kroos

Germaniyalik futbolchi ushbu mavsumda jamoaning yuragiga aylandi. 2014-yilda « Qirollik klubi »ga kelib qo'shilgan Kroos o'zining eng yaxshi mavsumini o'tkazdi. 27 yoshli yarim himoyachi « Selta »ga qarshi bahsda jamoasiga g'alaba keltirgan yagona golini urdi. Uning 11 golli uzatmalari, ayniqsa, « El clasico »da yoki « Deportivo »ga qarshi bahsda Ramosga uzatgan to'pi benazirlikka aylandi. Uning 92,1 % aniq pas uzatmasi La Liganing eng yaxshi ko'rsatkichga aylandi.

Krishtianu Ronaldu

Ba'zi muxlislar portugaliyalik yulduzni “Bavariya”, “Atletiko”, “Kashima Antlers”ga qarshi kechgan bahslarda o'zining eng yaxshi o'yinlarini o'tkazdi degan fikrda. Biroq, KR7 « Real » uchun chempionat doirasida 25 gol urishga erishdi va jamoasining to'purariga aylandi.

Zidan esa unga kerakli paytda dam olishiga imkon berishi mavsumning yakuniy qismiga yuqori sport formasida etib kelishini ta'minladi. Chempionlar Ligasi yarim finalida “Atletiko”ga kiritilgan xet-trik yoki La Liga doirasida “Visente Kalderon”da urgan gollari unutilmas san'at asarlariga aylandi. To'purarlik bilan birga jamoadoshlarini ham to'p bilan ta'minlab turishni unutib qo'ymadi. Uning 6 golli uzatlani amalga oshirishi buning yaqqol isbotidir. Ronaldu haqli tarzda “Real”ning mavsumdagi eng yaxshi o'yinchisi bo'lishga munosib!

BestMaster
25 May 2017, 21:34
“real”da, mavsumning, yaxshi, oyinchisi, kim?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads