Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

RASMAN: "PSJ"ga qarshi o'yin 14-fevral kuni bo'lib o'tadi

Demak, Chempionlar Ligasi 1/8 final uchrashuvlarning boshlanish vaqtlari e'lon qilindi. Unga ko'ra 14-fevral kuni "Bernabeu"da "Real Madrid" "PSJ"ni qabul qiladi, uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:45 da bo'lib o'tadi. Javob baxsi esa 6-mart kuni "Park-de-Prins"da bo'lib o'tadi.

"PSJ" guruhda "Bavariya", "Seltik" va "Anderlext" jamoalari bilan kuch sinashdi va 15 ochko jamg'argan xolda 1-o'rinni egalladi. Jamoa guruh bosqichida jami 25 ta to'p kiritdi va  Chempionlar Ligasi tarixida guruh bosqichida eng ko'p to'p kiritgan jamoaga aylandi. Klubning ushbu turnirdagi asosiy to'purarlari Edinson Kavani va Neymar, har ikkala futbolchi ham 6 tadan to'p kiritishgan. Hozirgi kunda parijliklar Fransiya chempionatida peshqadam va eng yaqin taqibchisi "Lion"ni 9 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Bu ikki jamoa tarixda 6 marta o'zaro to'qnash kelishgan. Hozircha vaziyat teng, ya'ni ikki marta "Real", ikki marta "PSJ" va 2 o'yinda durang qayd etilgan. So'nggi bor 2015/16-yilgi mavsumda "Real" va "PSJ" guruh bosqichda to'qnash kelgan va uchrashuv 1:0 hisobida madridliklar foydasiga xal bo'lgan edi.

Dastlabki 1/8 final o'yinlar:

13-fevral 
"Yuventus" — "Tottenxem Xotspur".
"Bazel" — "Manchester Siti"

14-fevral
"Portu" — "Liverpul"
"Real" — "PSJ"

20-fevral 
"Chelsi" — "Barselona"
"Bavariya" — "Beshiktash"

21-fevral
"Sevilya" — "Manchester Yunayted"
"Shaxtyor" D – "Roma"

Javob o'yinlar:

6-mart 
"Liverpul" — "Portu"
"PSJ" — "Real"

7-mart
"Tottenxem Xotspur" — "Yuventus"
"Manchester Siti" — "Bazel"

13-mart
"Manchester Yunayted" — "Sevilya"
"Roma" — "Shaxtyor" D

14-mart
"Barselona" — "Chelsi"
"Beshiktash" — "Bavariya".

BestMaster
11 Dekabr 2017, 18:10
rasman, psjga, qarshi, oyin, 14-fevral, kuni, bolib, otadi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 4
jakk
 jakk  
14 fevral kuni real leganes b-n o'ynar edi ku nma bo'ladi endi?
11 Dekabr 2017, 18:41
criroking
 criroking  
Seviwganlar kunida ramantik öyin
11 Dekabr 2017, 21:34
criroking
 criroking  
Psj ni tor mor keltiramiz
11 Dekabr 2017, 21:35
 halvarm  
Bayramga podarka psjdan RM-PSJ 0:14. 2.2018 xd
11 Dekabr 2017, 23:44
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads