Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!

Foto: Ronalduning beshinchi marta “Oltin to'p” olishini hatto Nike ham tasdiqladi

Avval xabar berib o'tganimizdek, ertaga 7 dekabr kuni Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu beshinchi “Oltin to'p”ini Frantsiyadagi Eyfel minorasida qo'lga kiritadi.

.
- Yuklab olish

Avval xabar berib o'tganimizdek, ertaga 7 dekabr kuni Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu beshinchi “Oltin to'p”ini Frantsiyadagi Eyfel minorasida qo'lga kiritadi.
 
Nike kompaniyasi Ronalduning beshinchi “Oltin to'p” sovrini bilan taqdirlanishi munosabati bilan  1000 juft maxsus butsalarni ishlab chiqdi.
 
Butsa “Nike Mercurial Superfly V” deya nomlandi. Asosan butsa “beshinchi sovrin” yozuvi bilan burkangan bo'lib, kompaniya ushbu butsalarni Ronalduning beshinchi “Oltin to'p”ini olishi bilan tabrik sifatida ishlab chiqargan.
 

 

 
Ta'kidlab o'tish joizki, Nike kompaniyasi Krishtianu Ronaldu bilan hamkorlikda birga ish olib boradi.
 
Eslatib o'tamiz, “Oltin to'p”-2017 sovriniga Ronaldudan tashqari “Barselona” hujumchisi Lionel Messi va dunyoning eng qimmat futbolchisi Neymar (“PSJ”) kabi futbolchilar ham da'vogar bo'lib turishibdi.
 
Ma'lumot uchun, jahonning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan sovringa so'nggi 9 yil davomida Lionel Messi hamda Krishtianu Ronaldular ega chiqib kelishadi. Messining “Oltin to'p”lari Ronaldunikidan bitta ko'p.
 
Bundan oldin Ronaldu ushbu sovrinni 2008, 2013, 2014 va 2016 yillarda qo'lga kiritgandi.

BestMaster
7 Dekabr 2017, 10:30
ronalduning, beshinchi, marta, “oltin, top”, olishini, hatto, nike, tasdiqladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
achi
 achi  
ajoyib
7 Dekabr 2017, 14:15
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017