Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!

Zidan: Biz yaxshi o'yin ko'rsatayapmiz va o'yin borasida xotirjamman, odamlar nima deyotgani meni qiziqtirmaydi

"Qirollik klubi" ustozi uchrashuv oldidan press-konferensiyaga qatnashdi.

Зидан:

"Biz allaqachon pley-off yo'llanamsini qo'lga kiritdik, ammo ajoyib natija qayd etish niyatidamiz. Hozirda "Borussiya"ning  xolati bizni qiziqtirmaydi, faqatgina o'z kuchimizga ishonamiz va yaxshi o'yin namoyish etmoqchimiz. Jamoam yaxshi xolatda ekanligini ko'rayapman. La Ligadagi vaziyat ideal xolatda emas, peshqadamdan 8 ochko ortdamiz, ammo men xotirjamman, chunki ertami-indin hammasi o'zgaradi. Biz yaxshi o'yin ko'rsatayapmiz va o'yin borasida xotirjamman, odamlar nima deyotgani meni qiziqtirmaydi."

Tanqidlar haqida: 

"Biz madridistmiz shuni aslo unutmaslik kerak. Har kim o'z fikrini bildirish huquqiga ega. Men buni o'zgartirmoqchi emasman, odamlar nima deb o'ylashi meni xavotirga solmaydi. Yagona maqsad ko'proq ishlab, chempionatdagi vaziyatni o'zgartirish."

Krishtianu Ronaldu haqida:

"Biz Ronalduni qo'llab-quvvatlashimiz kerak. Unda hammasi joyida, u nima qilishni biladi. Har kuni mehnat qilmoqda, biroq hozircha gol kiritishda omadi kelmayapdi. O'tgan mavsumda u fenomenal o'yin ko'rsatdi."

"Oltin to'p" haqida:

"Agarda siz Messi va Ronalduning statistikasini ko'rsangiz ularning maxoratiga shunchaki qoyil qolasiz. Ular birga payti eng yaxshi. Bu qarama-qarshilik hali uzoq yillar davom etadi."

Garet Beyl haqida:

"Kuztamiz, u "Sevilya"ga qarshi o'yinda maydonga tusha olarmikan yoki yo'q. U hali biz bilan umumiy mashg'ulotga kirishmadi. U futbol maydonida shug'ullanmoqda, biroq asosiy guruh bilan emas. Beyl albatta Abu-Dabiga biz bilan jo'nab ketadi."

Transferlar haqida:

"Biz hali hech qanday qarorga kelmadik."

Jahon chempionati haqida:

"Fransiya terma jamoasi uchun ajoyib qur'a. O'ylashimcha ular osonlik bilan guruhdan chiqa olishadi, xuddi Ispaniya kabi."

BestMaster
6 Dekabr 2017, 17:10
zidan, yaxshi, oyin, korsatayapmiz, oyin, borasida, xotirjamman, odamlar, nima, deyotgani, meni, qiziqtirmaydi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 10
 bars  
Tungi xotirjamlik desanda bu yana "yeb"qolmada zizzi
6 Dekabr 2017, 18:38
 1525  
Qaniydi statistikalar ham yaxshi busa edi
6 Dekabr 2017, 19:54
 1525  
Ha mayli
6 Dekabr 2017, 19:56
 1525  
Real baribir real
6 Dekabr 2017, 19:56
 1525  
Biz sendan g'alabalar kutib qolamiz
6 Dekabr 2017, 19:58
 1525  
Davay real
6 Dekabr 2017, 19:58
criroking
 criroking  
Öyin yaxwi bölgani b.n göl kiritilmasa nima keregi bor!
6 Dekabr 2017, 20:04
criroking
 criroking  
Biz senga iwonamiz bolalarni olg'a yetakla zizu
6 Dekabr 2017, 20:05
criroking
 criroking  
3 bor cempionlar ligasi g'olibligi hammaning tanqidlariga barham beradi
6 Dekabr 2017, 20:06
criroking
 criroking  
Biz senga iwonamiz
6 Dekabr 2017, 21:24
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017