Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!

Ronaldu o'g'li: «Messi — mening kumirim»

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'zining Instagramdagi sahifasiga «Barselona» forvardi Lionel Messining suratini joyladi.

.
- Yuklab olish

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'zining Instagramdagi sahifasiga «Barselona» forvardi Lionel Messining suratini joyladi. Rasm FIFAning 2017 yilgi eng yaxshi futbolchisini taqdirlash marosimidan olingan bo'lib, unda kichik Ronaldu argentinalik futbolchining qo'lini siqib turibdi.



«Rahmat, mening kumirim», – deya imzo chekdi u rasm ostiga.

Krishtianuning o'g'li va Messining tanishuvi 2015 yili Tsyurixda bo'lib o'tgan «Oltin to'p»ni topshirish marosimida ro'y bergandi. O'z oilasi davrasida turgan bola ularning yaqinidan o'tib ketayotgan Lionelning oldiga yugurib borib, u bilan qo'l berib so'rashgandi.

«Qalaysan? Hammasi yaxshimi?» – deya so'ragandi o'shanda Messi. Bunga javoban otasi: «O'g'lim internetda sening ishtirokingdagi o'yinlarni tomosha qiladi va sen haqingda ko'p gapiradi», – deya kulgandi Krishtianu.

BestMaster
5 Dekabr 2017, 21:40
ronaldu, ogli, «messi, mening, kumirim»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 5
 rmatolkazver  
Voy tirranchaey
5 Dekabr 2017, 21:45
 dortmunt  
Otangga o'xshamapsan malades demak kotta bo'lsang Messidek yaxshi Inson bo'lasan
6 Dekabr 2017, 11:51
 1525  
Ex qovun
6 Dekabr 2017, 21:52
 1525  
Dadanga uxshasang ulasanmi
6 Dekabr 2017, 21:53
 1525  
Dadang dunyoda yagona
6 Dekabr 2017, 21:54
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017