Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Madrid" rejasi: Arrisabalaga va Odriosola

Madridning "Real" klubi rahbarlari transfer oynasi paytida o'ziga ikkita transferni asosiy maqsad qilib qo'ydi: Kepa Arrisabalaga va Alvaro Odriosola.

Florentino Peres klub siyosatiga sodiq qolgan holda Ispaniyaning eng iqtidorli futbolchilarini klubga yig'ishda davom etmoqchi. Xabarlarga ko'ra "qaymoqranglilar" qishda "Atletik"dan Kepani yozda "Real Sosedad"dan Odriosolani Rossiya bo'lib o'tadigan jahon chempionati boshlangunga qadar xarid qilmoqchi.

Yosh darvozabon Arrisabalaganing basklar bilan shartnomasi yozda yakuniga yetadi va golkiper klub bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas, bu vaziyat esa "Madrid" uchun ayni qulay fursatdir. Hozirgi kunda 22 yoshli darvozabonning narxi 20 mln yevro qilib belgilangan.

Odriosola esa bir necha bor "Santiago Bernabeu"da faoliyatini davom ettirish istagi borligini ma'lum qilgan. "Qirollik klubi" 20 yoshli qanot himoyachisini tovon pulida ko'rsatilgan 40 mln yevro to'lab olib kelmoqchi.

Bu futbolchilar jamaoga kelsa katta ehtimol bilan Kiko Kasilya va Xakim Ashrafning kelajagiga nuqta qo'yiladi. Kasilyas transferga qo'yilsa, Ashraf ijara asosida boshqa klubga beriladi, natijasida Dani Karvaxalga Odriosola o'rinbosar sifatida qoladi.

BestMaster
5 Dekabr 2017, 16:30
madrid, rejasi, arrisabalaga, odriosola,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 5
criroking
 criroking  
Yaxwi qaror Peres endi özinga kelyapsan
5 Dekabr 2017, 18:36
criroking
 criroking  
Kepadan köra de xea yaxwiroq lekin
5 Dekabr 2017, 18:37
criroking
 criroking  
Kecegi myu arsenal 6ynida fantastik seyflarni amalga owirib dunyodagi kucli darvozabonlardan biri ekanligini isbotladi
5 Dekabr 2017, 18:38
criroking
 criroking  
Peres biz senga iwonamiz olg'a bu yog'iga gazini bos
5 Dekabr 2017, 18:40
criroking
 criroking  
Hala madrid!
5 Dekabr 2017, 18:40
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads