Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!

Zidan: «Real» o'tgan mavsumda qilgan ishni bu mavsumda takrorlay olmayapti»

«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Ispaniya La ligasining 14-turi doirasida bo'lib o'tgan «Atletik»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (0:0) borasida o'z fikrlarini bilan o'rtoqlashdi.

.
- Yuklab olish

«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Ispaniya La ligasining 14-turi doirasida bo'lib o'tgan «Atletik»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (0:0) borasida o'z fikrlarini bilan o'rtoqlashdi.

«Xafsalam pir bo'ldi. G'alaba qozonish uchun qo'ldan kelgan barcha ishni qildik. Durangdan ko'prog'iga munosib edik. Biz juda yaxshi o'ynadik, ammo gol ura olmadik. Bizda imkoniyatlar bo'ldi, ammo to'p darvozaga kirishni istamadi. O'tgan mavsumda ko'p o'yinlarda so'nggi daqiqalarda gol urib, g'alaba qozonib ketgandik, ammo ushbu mavsumda bunday bo'lmayapti. Nima qilish kerak. Ishlashda davom etamiz. Yaxshi o'ynasak, gollar uramiz.

Ramos o'zining chetlatilishiga nisbatan norozilik bildirdi. U bunga munosib emasdi. Lekin biz hech narsani o'zgartira olmaymiz.

«Real» peshqadamdan 8 ochko ortda qolmoqda. Uch nafar raqib bizdan oldinda bormoqda. Bu muammo emas, real vaziyat. Ular bizdan o'tib ketishdi, boisi, ular bunga munosib bo'lishmoqda. Lekin chempionat hali 6 oy davom etadi. Bu esa uzoq muddat», — dedi Zidan.

BestMaster
3 Dekabr 2017, 08:50
zidan, «real», otgan, mavsumda, qilgan, ishni, mavsumda, takrorlay, olmayapti»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 budur  
Qadrli FM ishqibozlari.Bugun FMENEJER.RU saytida Fm 2018 ga restart.
3 Dekabr 2017, 08:56
 alawat  
menejer.uz saytida xam bugun restar
3 Dekabr 2017, 10:02
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017