Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real» «Barsa»ga yaqinlashish imkoniyatidan foydalana olmadi

Madridning "Real" klubi ushbu turda "Barselona"ning ochko yo'qotishidan foydalana olmadi.

.
- Yuklab olish

Madridning "Real" klubi ushbu turda "Barselona"ning ochko yo'qotishidan foydalana olmadi. Zidan shogirdlari Bilbaoda "Atletik"ni mag'lub eta olishmadi.

"San-Mames" stadionidagi o'yin juda shiddatli kechdi. Uchrashuvda hisob ochilmagan bo'lsa-da, o'yin muxlislarni aslo zeriktirib qo'ymadi.

Bahs debyutida Benzema jarima maydonchasi ichida yo'llagan zarba natijasida to'p ustunga tegdi. Bugungi o'yinda darvozabonlarga anchagina ish topildi. Jumladan, Navas ber necha marta seyv namoyish qilishiga to'g'ri kelgan bo'lsa, Arrisabalaga ham darvoza daxlsizligini saqlab uchun ancha ter to'kdi.

Mezbonlar dastlabki bir soat davomida nomdor raqib bilan tengma-teng kurash olib borishdi. Ular bu vaqt davomida hujumga hujum bilan javob berishdi. Biroq so'nggi yarim soat ichida to'la ustunlik "Madrid" tomonida bo'ldi. Bilbaolik futbolchilar matonat bilan himoyalanishlariga to'g'ri keldi.

Uchrashuv tugashiga 5 daqiqa qolganida "Real" sardori Serxio Ramos ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. Ushbu chetlatish madridliklarning shashtini ancha pasaytirib qo'ydi. Boz ustiga, hakam ikkinchi bo'lim boshida Ramosning qo'polligi tufayli "Real" darvozasiga penalti belgilamagandi.

Shu tariqa, muhim 1 ochkoni qo'lga kiritgan "Atletik" 14 ochko bilan bor-yo'g'i 15-o'ringa ko'tarilib oldi. "Qirollik klubi" 28 ochko bilan 4 va 5-o'rinlarni "Sevilya" bilan bo'lishib turibdi. Jamoa peshqadam "Barselona"dan hamon 8 ochko ortda qolmoqda. Zidan jamoasini keyingi turda jadvalda 3-o'rinda borayotgan "Sevilya"ga qarshi bahs kutib turibdi.

Ispaniya La ligasi, 14-tur
Atletik – Real Madrid 0:0 (0:0)
Atletik – Arrisabalaga, Echeyta, Balensiaga, De Markos (Inigo Lekue, 72), Nunes, Raul Garsiya, Mikel Riko, Susaeta, Iturraspe (San Xose, 39), Inyaki Uilyams (Kordoba, 83), Aduris.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kazemiro, Isko (Kovachich, 82), Kroos, Ronaldu, Benzema (Mayoral, 82).
Ogohlantirishlar: Ramos (11), De Markos (45), Echeyta (57), Kazemiro (73), Karvaxal (90), Ronaldu (90).
Chetlatish: Serxio Ramos (86).

BestMaster
3 Dekabr 2017, 02:50
liga, «real», «barsa»ga, yaqinlashish, imkoniyatidan, foydalana, olmadi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 18
12 >>
Crishtiano
 Crishtiano  
Hee senlani o'sha
3 Dekabr 2017, 10:16
Crishtiano
 Crishtiano  
Gjptmgj
3 Dekabr 2017, 10:17
Crishtiano
 Crishtiano  
O'yinni ko'rib asab bo'ldim
3 Dekabr 2017, 10:18
Crishtiano
 Crishtiano  
Lekin Navasga qoyil
3 Dekabr 2017, 10:19
Crishtiano
 Crishtiano  
Jgmtg
3 Dekabr 2017, 10:19
Crishtiano
 Crishtiano  
Jga.dja
3 Dekabr 2017, 10:20
Crishtiano
 Crishtiano  
Jga.dja
3 Dekabr 2017, 10:20
criroking
 criroking  
6yin ajoyib b6ldi ammo "tewik kulcalar" köngilni xira qildi
3 Dekabr 2017, 11:10
criroking
 criroking  
Bugun galaba qozonganda yanada z6r b6lar edi ronaldo da ajoyib vaziyatlar b6ldi ammo foydalana olmadida essiz
3 Dekabr 2017, 11:13
criroking
 criroking  
Realga nima bolyapti özi
3 Dekabr 2017, 11:14
12 >>
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads