Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real» katta qiyinchilik bilan g'alaba qozondi

Ispaniya chempionatining 13-turi doirasida "Real" o'z maydonida jadvalda 18-o'rinda borayotgan "Malaga"ni qabul qildi va juda qiyin g'alabani qo'lga kiritdi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 13-turi doirasida "Real" o'z maydonida jadvalda 18-o'rinda borayotgan "Malaga"ni qabul qildi va juda qiyin g'alabani qo'lga kiritdi.

Mezbonlar tezkor gol urishga muvaffaq bo'lishdi. 9-daqiqada Marselo chap qanotdan etkazgan uzatmaga Ronaldu olis ustun tomonda bosh bilan zarba berdi. To'singa tegib erga tushgan to'pni Benzema bosh bilan bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi.

Oradan 9 daqiqa o'tib malagaliklar hisobni tenglashtirishdi. Ramossiz harakat qilayotgan "Madrid"ning markaziy himoyasida bo'shliq yuzaga keldi va bundan Diego Rolan unumli foydalandi. "Real" hisobda oldinga chiqib olishi uchun 3 daqiqa etarli bo'ldi. Burchakdan etkazilgan uzatmani Kazemiro bosh bilan darvozaga joylab qo'ydi.

Birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda "Malaga" raqib darvozasini ishg'ol qildi, ammo hujumchi bosh bilan zarba berayotgan paytda qo'lini Varanning elkasiga qo'ygani bois, hakam golni inobatga olmadi. Shunga qaramay, mehmonlar uchrashuvning 58-daqiqasida hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'lishdi. Chori Kastro 23 metrlardan bergan kuchli zarbani Kiko Kasilya qaytara olmadi — 2:2.

Oradan ko'p o'tmasdan Ronaldu jamoasini hisobda oldinga olib chiqishi mumkin edi, ammo u juda yaqin masofadan darvozaga zarba bera olmadi. Bahsning 75-daqiqasida zaxiradan tushganiga ko'p bo'lmagan Luka Modrich penalti ishlashga muvaffaq bo'ldi. Krishtianu Ronalduning 11 metrli jarima nuqtasidan yo'llagan zarbasini "Malaga" posboni qaytardi, ammo portugaliyalik futbolchi qaytgan to'pni darvozaga joylashga muvaffaq bo'ldi.

"Real" mana shu gol tufayli muhim bo'lgan 3 ochkoni qo'lga kiritdi va o'z ochkolarini 27taga etkazib oldi.

Ispaniya La ligasi, 13-tur
Real Madrid – Malaga 3:2 (2:1, 1:1)
Gollar: 1:0 – 9 Benzema, 1:1 – 18 Rolan, 2:1 – 21 Kazemiro, 2:2 – 58 Chori Kastro, 3:2 – 76 Ronaldu.
Noaniq penalti: Ronaldu (75, darvozabon)
Real Madrid – Kasilya, Varan, Marselo, Karvaxal, Valexo, Vaskes, Kazemiro, Kroos (Teo, 81), Isko (Modrich, 62), Benzema (Mayoral, 89), Ronaldu.
Malaga – Roberto, Diego Gonsales, Xuankar (Bess, 36), Rosales, Ernandes, Keko (Anor, 66), Gonsales, Resio, Chori Kastro, Penyaranda (Baston, 61), Rolan.
Ogohlantirishlar: Penyaranda (29), Gonsales (43), Marselo (45).

BestMaster
25 Noyabr 2017, 22:30
liga, «real», katta, qiyinchilik, bilan, galaba, qozondi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 10
Ricardo
 Ricardo  
zota yutdi
26 Noyabr 2017, 06:32
Ricardo
 Ricardo  
bizning real
26 Noyabr 2017, 06:32
Ricardo
 Ricardo  
olg'a real
26 Noyabr 2017, 06:33
Nosirov
 Nosirov  
Haqiqatdan ham qiyin galaba
26 Noyabr 2017, 06:55
Crishtiano
 Crishtiano  
Qiyin va ishonchli g'alaba
26 Noyabr 2017, 11:27
Crishtiano
 Crishtiano  
Malaga yaxshi qarshilik ko'rsatdi.
26 Noyabr 2017, 11:29
Crishtiano
 Crishtiano  
Baribir Realni tajribasi evaziga g'alaba qozondi.
26 Noyabr 2017, 11:30
Crishtiano
 Crishtiano  
Qiyin vaziyatda o'ynashni biladida Real MADRID
26 Noyabr 2017, 11:32
Crishtiano
 Crishtiano  
Superlari bo'lgan super jamoa
26 Noyabr 2017, 11:33
Crishtiano
 Crishtiano  
Superlari bo'lgan super jamoa
26 Noyabr 2017, 11:34
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads