Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!

«Real» hujumchisi 10 kunga safdan chiqdi

"Real" hujumchisi Marko Asensio jamoaning navbatdagi o'yinlarida maydonga tusha olmaydi.

.
- Yuklab olish

"Real" hujumchisi Marko Asensio jamoaning navbatdagi o'yinlarida maydonga tusha olmaydi. Futbolchi APOELga qarshi bo'lib o'tgan EChL bahsida mushagidan jarohat oldi. Bu haqida madridliklar rasmiy sayti xabar tarqatdi.

21 yoshli futbolchi La liganing 13-turi doirasida "Malaga"ga qarshi o'yinda ishtirok eta olmaydi. Shuningdek, u, katta ehtimol bilan, 2 dekabr kuni Bilbaoda "Atletik" bilan bo'ladigan o'yinda ham maydonga tusha olmaydi.

"Asensio kichik jarohat oldi, ammo u bir necha kun maydonga tushmaydi. U jarohatini chuqurlashtirib olganidan ko'ra keraklicha davolangani yaxshi", – deya Asensioning holati haqida baho berdi Zayniddin Zidan.

BestMaster
24 Noyabr 2017, 20:50
«real», hujumchisi, kunga, safdan, chiqdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017