Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: «O'zimizga ishonch bilan o'ynashimiz zarur»

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Evropa Chempionlar ligasining APOELga qarshi bahsdan oldin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

.
- Yuklab olish

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Evropa Chempionlar ligasining APOELga qarshi bahsdan oldin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Jamoaning holati haqida
Biz o'tgan haftadagi singari o'zimizga ishonch bilan o'ynashimiz zarur. Uch ochko bizni pley-offdan ajratib turibdi.

Benzema va gol urish borasidagi qiyinchilik haqida
Hozirda ko'p narsa jamoaga ta'sir o'tkazmoqda. Benzemaning o'zi ham jamoaga ko'proq yordam bera olishi mumkinligini biladi va shu uchun harakat qilmoqda. Har bir futbolchi o'ziga ishonishi kerak. Fikrimcha, jamoaning hozirgi holati ham aslida yomon emas. Faqat yana bir ikkita gol kerak. Shunda hammasi o'z iziga tushib ketadi. Bugun albatta shunday bo'lishiga ishonaman.

Qishki transferlar oynasida futbolchi harid qilinishi borasida
Bu haqida suhbatlashning mavridi emas. Bu haqda o'sha vaqt kelganida suhbatlashamiz. Hozir esa meni faqat bo'lajak o'yin o'ylantirmoqda. Biz uchun bu bahs oson bo'lmasligini bilamiz, APOEL Chempionlar ligasida ajoyib ishtirok etib kelmoqda. Shundayn ekan, bizning fikrimiz faqat mazkur raqib bilan bog'liq bo'lishi kerak.

Asensio va Sebalosning o'yin amaliyoti kamligi haqida
Bu savolni ularning o'zidan so'rash kerak. Ayni damda ular yosh. Shunchaki Asensioning faoliyatini kuzating. U avvalgidan ko'ra ko'prok maydonga tushmoqda. Sebalos bilan ham shunday bo'ladi. Uning kayfiyati ayni damda yomon emas. Lorente, Ashrafga ham hali imkoniyat beriladi. Ularni katta kelajak kutmoqda.

BestMaster
21 Noyabr 2017, 22:10
zidan, «ozimizga, ishonch, bilan, oynashimiz, zarur»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 nasimovabror  
Realga omad ;-)
22 Noyabr 2017, 00:27
 nasimovabror  
Ranaldo hich bomasa bugun gol ur
22 Noyabr 2017, 00:28
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads