Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: "Barselona" doimo g'alaba qozona olmaydi

"Atletiko Madrid"ga qarshi uchrashuvdan so'ng Zinedin Zidan press-konferensiyada qatnashdi.

Зидан: "Отставание в 10 очков? "Барселона" не будет постоянно побеждать"

O'yin haqida:

"Biz bundan ko'prog'iga loyiq edik, buni o'yin orqali ko'rsatdik. Ko'rsatilayotgan o'yin, to'pni o'zida saqlab turish biz uchun muhim. Biz gol ura olmadik, bu borada futbolchilarimni ayblamayman. Dastlabki taymni yomon o'tkazmadik. To'g'risini aytsam bu kechada biz ko'proq narsa olmoqchi edik, biroq..."

Quruq o'yin haqida:

"Bu meni xavotirga solmaydi. Biz gol kiritishga yaqin keldik, ammo raqiblar yaxshi harakat qildi. Keyingilari bundan yaxshi bo'ladi, ishonchim komil. Bu futbol, to'p darvozaga kirishni istamadi. O'yin menda yaxshi ta'surot qoldirdi, chunki biz yaxshi o'ynadik."

"Barselona" bilan oradagi farq haqida:

"Ishonchim komil, ular ham qoqilishadi. Kataloniyaliklar har doim g'alaba qozona olmaydi. Biz o'z ishimizni qilishda davom etishimiz kerak. Xa, 10 ochko katta farq, biroq bu farqni yo'qqa chiqarsa bo'ladi. Bu xolat yuzasidan qo'rqinchli xolat ko'rmayapman. Oldinda uchrashuvlar ko'p. "Barselona" ham ochko yo'qatadi va biz bundan unumli foydalanishimiz kerak. "

Isko haqida:

"U yaxshi o'yin o'tkazdi. Lekin men faqat undan emas qolgan futbolchilardan ham qoniqish xosil qildim."

Penalti haqida:

"Men o'sha vaziyatni ko'rmay qoldim va bu haqida gapirishni istamayman. Hakamlar o'z ishini qilishdi."

Muxlislarga aytar so'zi:

"Men o'z ishimni davom ettirishni istayman, bu futbol. Hammasi tezda o'zgarib ketadi, ammo biz oxirigacha kurashamiz. Men sizlarga buni va'da beraman!".

BestMaster
19 Noyabr 2017, 21:40
zidan, barselona, doimo, galaba, qozona, olmaydi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 4
Nosirov
 Nosirov  
Zizu kayfiyatti tushurmasli kerak hali hammasi oldinda
20 Noyabr 2017, 06:03
Mehmon
Muxlislarga aytar so'zi:"Men o'z ishimni davom ettirishni istayman, bu futbol. Hammasi tezda o'zgarib ketadi, ammo biz oxirigacha kurashamiz. Men sizlarga buni va'da beraman!". Shu gaplarga ishonaman
20 Noyabr 2017, 08:21
 bej  
olga ZIDAN sen buyuksan biz hamewa sen bilan
20 Noyabr 2017, 22:46
 Anas  
ha albatta real omad tilayman
21 Noyabr 2017, 15:38
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads