Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Peres: Zidan dunyodagi eng kuchli murabbiyga aylandi

"Real" prezidenti Florentino Peres jamoaning La Ligadagi 33-chempionligidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi. Jamoa rahbari so'zni bosh murabbiy Zinedin Zidan sha'niga bildirilgan iliq fikrlar bilan boshladi.

"Zidan - tariximizdagi afsonaviy shaxslardan biri. Seni jamoamiz uchun taqdim etganlaringning barcha barchasi uchun rahmat. Sen avval dunyodagi eng yaxshi futbolchi eding, hozir esa eng yaxshi murabbiyga aylanding".

"Bu jamoa klub an'analari qanday ekanini namoish etib berdi. Men bu yerda 4-iyun kuni yana bir bor yig'ilishni orzu qilaman va buning uchun futbolchilar, murabbiylar qo'llaridan kelgan hamma ishni bajarib Chempionlar ligasini yutishga intilishlarini bilaman".

"Biz dunyodagi eng kuchli va raqobatbardosh ligada tinimsiz mehnat evaziga zafar quchdik. Bu futbolchilar allaqachon jamoa tarixidagi sharafli insonlarga aylandilar. Bu katta kuchga ega bo'lgan buyuk jamoa futbolchilaridir", - deya fikr bildirdi Peres.

RealBlancos

BestMaster
23 May 2017, 12:00
peres, zidan, dunyodagi, kuchli, murabbiyga, aylandi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads