Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Modrich chempion bo'lgan uchrashuvda "Real" safidagi 150-g'alabasiga erishdi

"Real" yarimhimoyachisi Luka Modrich La Ligadagi 33-chempionlikka sabab bo'lgan "Malaga"ga qarshi uchrashuvda (2:0) Madridliklar safidagi o'zining 150-g'alabasiga erishdi.

Ispaniya poytaxtida o'zining 5-mavsumini yakunlayotgan Xorvatiyalik futbolchi ushbu 150 ta g'alaba uchun 213 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Modrich mazkur g'alabalar ortidan 2 bor Chempionlar ligasi, 2 bor klublararo Jaxon chempionligi, 2 bor Yevropa super kubogi, bir marotabadan La Liga, Qirol kubogi va Ispaniya superkubogi turnirlarida bosh sovrinni qo'lga kiritdi.

Modrich Madriddagi mavsumlari hisobida 2012/13 da 34 ta, 2013/14 da 38 ta, 2014/15 da 18 ta, 2015/16 da 30 ta hamda joriy mavsum ham 30 ta uchrashuvda g'alaba qozongan. U o'z g'alabalarining 102 tasini La Ligada, 33 tasini Chempionlar ligasida, 10 tasini Qirol kubogida, 2 tasini klublararo Jaxon chempionatida, 2 tasini Yevropa superkubogi va yana bittasini Ispaniya superkubogida qo'lga kiritgan.

RealBlancos

BestMaster
23 May 2017, 12:00
modrich, chempion, bolgan, uchrashuvda, real, safidagi, 150-galabasiga, erishdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads