Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real»ni qiyin taqvim kutib turibdi

Madridning "Real" klubi 18 noyabr kuni La liganing 12-turi doirasida «Vanda Metropolitano» stadionida "Atletiko" mehmoni bo'ladi.

.
- Yuklab olish

Madridning "Real" klubi 18 noyabr kuni La liganing 12-turi doirasida «Vanda Metropolitano» stadionida "Atletiko" mehmoni bo'ladi. Mazkur bahs bilan Zidan jamoasining qiyin o'yinlar taqvimi boshlanadi.

"Qirollik klubi" 33 kun ichida 10ta uchrashuv o'tkazadi. La liga doirasida "qaymoqranglilar"ni "Atletiko"dan tashqari Bilbaoning "Atletik"i, "Sevilya" va "Barselona"ga qarshi qiyin o'yinlar kutib turibdi.

Shuningdek, "Madrid" 29 noyabr kuni safarda APOELga qarshi o'yinda Chempionlar ligasi bahsini o'tkazadi. "Real" bu o'yinda g'alaba qozonish orqali guruhdan chiqish masalasini muddatidan aval hal qilib olishi mumkin. Aks holda jamoani "Borussiya Dortmund"ga qarshi yana bir murakkab uchrashuv kutib turadi.

Bundan tashqari, "Real" "el-klasiko" oldidan klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etib qaytadi. Bu esa "Barselona"ga qarshi bo'ladigan o'ta muhim o'yin oldidan realchilarga ortiqcha jismoniy yuklama beradi. Zidan shogirdlari BAAdan qaytishganidan keyin oradan 3 kun o'tib "Santyago Bernabeu"da "Barselona"ni qabul qilishadi.

«Real»ning 2017 yil oxiriga qadar o'yinlar taqvimi:

La liga, 12-tur. 18 noyabr. «Atletiko» - «Real»
EChL, 5-tur. 21 noyabr. APOEL - «Real»
La liga, 13-tur. 25 noyabr. «Real» - «Malaga»
Ispaniya kubogi, 1/16 final. 29 noyabr. «Real» - «Fuenlabrada»
La liga, 14-tur. 3 dekabr. «Atletik» - «Real»
EChL, 5-tur. 6 dekabr. «Real» - «Borussiya D.»
La liga, 15-tur. 10 dekabr. «Real» - «Sevilya»
Klublar o'rtasidagi JCh, yarim final. 13 dekabr
Klublar o'rtasidagi JCh, final (yoki 3-o'rin uchun o'yin). 16 dekabr
La liga, 17-tur. 20 dekabr. «Real» - «Barselona»

BestMaster
13 Noyabr 2017, 21:50
«real»ni, qiyin, taqvim, kutib, turibdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads