Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Fekir "Real"ga o'tadimi?

"Мадрид" интересуется Фекиром?

Fransiyaning SFR Sport nashri xabariga ko'ra "Madrid" rahbarlari "Lion" lideri Nabil Fekirning xizmatlariga katta qiziqish bildirmoqda.

Ushbu mavsumda fransiyalik yarimhimoyachi barcha musobaqalarda 15 o'yinda maydonga tushib 12 ta gol va 3 ta golga assistentlik qildi. Hozirgi kunda "Lion" safida Mariano-Fekir-Depay triosi jami 26 ta gol urgan va hozirda Yevropaning eng ko'p gol urayotgan uchligi hisoblanadi ("PSJ" a'zolari Neymar-Mbappe-Kavani uchligida 24 ta gol).

Nabil Fekir o'z yosh toifasidagi futbolchilar ichida eng iste'dodlilardan biri deya tan olingan edi. Misol uchun, Fekir 2014/15-yilgi mavsumda Fransiya chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan edi. Hozirgi kunda Fekirga "Real"dan tashqari "Barselona", "Manchester Yunayted" va "Yuventus" qiziqish bildirmoqda. Uning "Lion" bilan shartnomasi esa 2020-yilda yakuniga yetadi.

24 yoshli futbolchining o'zi esa o'tgan mavsumda Canal nashriga bergan intervyusida shunday degan edi: "Agarda Zidan ertaga meni o'z klubiga taklif etsa, men buni bajonidil qabul qilgan bo'lar edim", - deya fikr bildirgan edi.

BestMaster
13 Noyabr 2017, 15:30
fekir, realga, otadimi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads