Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real» «Lion»dan Nabil Fekirni sotib olishi mumkin

Madridning “Real” klubi “Lion” yarim himoyachisi Nabil Fekir xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi AS nashri.

.
- Yuklab olish

Madridning “Real” klubi “Lion” yarim himoyachisi Nabil Fekir xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi AS nashri. “Qaymoqranglilar” bosh murabbiyi Zinedin Zidan 24 yoshli futbolchining harakatlarini kuzatib kelmoqda va uni Madridga ko'chib o'tishidan xursand bo'lishini yashirmayapti.

Evropa OAVlarining xabariga ko'ra, Fekir xizmatlariga “Barselona”, “Yuventus” va “Manchester Yunayted” klublari ham qiziqish bildirishmoqda.

Eslatib o'tamiz, Fekirning “Lion” bilan tuzgan shartnomasi 2020 yilga qadar davom etadi.

Ma'lumot uchun, Fekir joriy mavsum Frantsiya chempionatida 11 marta maydonga tushdi va xuddi shuncha gol urdi. Bundan tashqari 4 ta golga pas ham bergan. Shuningdek, Evropa Ligasida 4 ta uchrashuv o'tkazib, bitta gol urgan.

BestMaster
13 Noyabr 2017, 08:50
«real», «lion»dan, nabil, fekirni, sotib, olishi, mumkin,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
Bekkzod
 Bekkzod  
Zor oyinchi kesa ham boladi
13 Noyabr 2017, 09:34
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads