Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!

Asensio: Dastlab "Real" kiyinish xonasida hech kim meni tanimas edi

Yosh futbolchidan intervyu.

"Men hamma narsaga tayyorman, hozirda 21 yoshdaman va hali tajriba to'plashda davom etaman. Chunki "Real Madrid" va Ispaniya terma jamoasida stabil o'yin ko'rsatishim kerak. Terma jamoada va klubda tajribali futbolchilar ko'p, ular jamoani yelkasida ko'tarib yurishadi. Men esa ulardan o'rganadigan narsalarim bor.

Zidan har qachongidan xotirjam, Lopetegi fe'l-atvori jihatdan jonliroq. Biroq ikkalasi - katta profeissionallar. Ikkala murabbiy ham menga ishonch bildirishmoqda. Sardorimiz Serhio Ramos har doim menga yordam berib kelmoqda. Ishonchim komil ediki, meni "Real" kiyinish xonasida dastlab hech kim tanimas edi. UEFA Superkubogida kiritgan golimdan so'ng hammasi o'zgarib ketdi.

Krishtianu mashg'ulotlarda bor kuchi bilan harakat qiladi. "Madrid" ko'p kuboklarni yutdi, ammo yana sovrin yutishga chanqoqmiz. Endilikda "Barselona" bilan 8 ochkolik farqni yo'q qilishimiz kerak. Keyingi uchrashuvda ham biz albatta g'alaba qozonishimiz kerak.

Isko - mukammal futbolchi, u bilan osonlikcha o'ynashingiz mumkin. Hozirda u "Madrid" va terma jamoada o'zining ajoyib saviyasini ko'rsatmoqda."

BestMaster
10 Noyabr 2017, 15:40
asensio, dastlab, real, kiyinish, xonasida, hech, meni, tanimas,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017