Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!

Serxio Ramos: «Neymar «Real»ning o'yinini kuchaytirgan bo'lardi»

«Real» himoyachisi Serxio Ramos jamoaga Neymarning kelishidan xursand bo'lishini ta'kidlab o'tdi.

.
- Yuklab olish

«Real» himoyachisi Serxio Ramos jamoaga Neymarning kelishidan xursand bo'lishini ta'kidlab o'tdi. Avvalroq "Qirollik klubi" braziliyalik futbolchini qo'lga kiritish uchun harakatni boshlagani haqida xabar tarqalgandi.

«Jahonning eng yaxshi futbolchilari bilan bir jamoada o'ynash menga yoqadi. Neymar esa jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri. "Barselona"dan "Real"ga o'tishga qaraganda "PSJ"dan bizning safimizga o'tish osonroq. Futbolda hamma narsa ro'y berishi mumkin. Albatta, Neymarning "Real"ga o'tishi biz uchun foydali bo'lardi. U bilan yaxshi munosabatlarga egaman. Men uning transferiga qarshilik qilmagan bo'lardim», — dedi Serxio Ramos.

Neymar «Barselona»da o'ynayotganida ikki marta diskvalifikatsiyadan foydalanib, singlisining tug'ilgan kuni uchun Braziliyaga borib kelgandi. Bu borada "Real" sardori quyidagicha javob berdi: «Neymar safimizga qo'shilishdan oldin singlisining tug'ilgan kunini muhokama qilib olamiz», — dedi Ramos yuzida tabassum bilan.

BestMaster
9 Noyabr 2017, 08:20
serxio, ramos, «neymar, «real»ning, oyinini, kuchaytirgan, bolardi»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017