Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!

Kasilyas "Golden Foot" sovrinini qo'lga kiritdi

Jamoa afsonasi yana bir sovrinni o'z trofeylar qatoriga qo'shib qo'ydi.

Касильяс получил Golden Foot 2017

Sobiq "Madrid" darvozaboni Iker Kasilyas Golden Foot sovrinini qo'lga kiritdi. Bu sovrin 28 yoshdan katta bo'lgan futbolchilarga beriladi. Kasilyas bu sovrinni yutgan ikkinchi darvozabon hisoblanadi. Oldinroq Janluidji Buffon ham ushbu sovringa ega chiqgan edi. Ispaniyalik golkiper bu sovrinni qo'lga kiritish uchun: K. Ronaldu, S. Ramos, Manuel Noyer, Messi, Robben, Tiago Silva, Luis Suarez, Yaya Ture va Andrea Pirlolarni ortda qoldirdi. Sovrin Monakoda Ikerga topshirdi.

Golden Foot sovrinini oldin ispaniyalik futbolchilardan faqat 2014-yilda Andres Iniesta qo'lga kiritgan edi. Yuqoridagi sovrinni esa eng ko'p italyanlar qo'lga kiritgan: Badjo (2003), Del Piero (2007), Totti (2010) va Buffon (2016). Shuningdek, 3 marta braziliyaliklar: Ronaldo (2006), R. Karlos (2008) va Ronaldinyo (2009). 2005-yilda Andrey Shevchenko, 2011-yilda Giggz, 2012-yili Ibrahimovich, 2013 - Drogba va 2015-yilda Samuel Eto'O.

BestMaster
8 Noyabr 2017, 18:30
kasilyas, golden, foot, sovrinini, qolga, kiritdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017