Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidanning «Real»i Mourinoning «Real»i yo'lidan bormoqda

Portugaliyalik murabbiy “Real”ni 2012-yilda La Ligada chempion qilganidan keyin, klubni uzoq vaqt boshqarishi taxmin qilingan edi.

.
- Yuklab olish

Portugaliyalik murabbiy “Real”ni 2012-yilda La Ligada chempion qilganidan keyin, klubni uzoq vaqt boshqarishi taxmin qilingan edi. Biroq u chempionlikdan 12 oy o'tar-o'tmas jamoadan ketishga majbur bo'lgandi. Hozirgi kunda Zidanning “Real”ida ham xuddi shu stsenariy takrorlanmoqda. Goal tahlilchisi Ben Xeyvard shu ikki murabbiy qo'l ostidagi “Real”ni parallel ravishda taqqoslab ko'rdi.

“Real Madrid” hozirgidek oldin ham bo'lgan. “Los Blankos” 2012-13-yilgi mavsumni ham omadsiz boshlagan edi, Joze Mourino shogirdlari La Ligadagi kurashdan erta chiqib ketgandi, oqibatda portugaliyalik mutaxassis jamoani tark etgandi. Bu safar endi Zinedin Zidan bosim ostida qolgan.

Mourino La Ligani yutib, klub bilan uzoq yillik shartnomaga imzo qo'ygan edi. Bu bir o'zgacha narsaning boshlanishi, deya qaralgan edi. Sababi “Real Madrid” axiyri “Barselona”ning hukmronligiga nuqta qo'yib, o'zinikini qurgandek edi. Aksincha, tartibsizlik boshlanib ketdi.

“Real” 2012-13-yilgi masumni Ispaniya Superkubogida “Barselona”ni engish bilan boshlagandi. Bu hukmronlikning debochasi edi go'yo. Ammo La Liganing 10-turidan keyinoq “ko'k-anorranglilar” peshqadam bo'lib olishdi. Madridliklar chempionlik poygasida ularga etib olisholmadi va boshlangan kurash Qirol Kubogi finalida “Atletiko”dan uchralgan mag'lubiyat bilan yakun topdi. Kamiga, Chempionlar Ligasi yarim finalida “Borussiya Dortmund”dan engildi.

“Men ketgach Madrid yo'q bo'lib ketishga tayyor ...

Davomi

BestMaster
8 Noyabr 2017, 10:00
zidanning, «real»i, mourinoning, «real»i, yolidan, bormoqda,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads