Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real" "Valensiya" futbolchisiga qiziqmoqda

Гедешу приятен интерес со стороны "Мадрида"

"Valensiya" yarimhimoyachisi Gonsalu Gedesh Madridning "Real" klubi qiziqishlari doirasida. Ma'lumot uchun, Gedesh asli "PSJ" futbolchisi hisoblanadi va hozirda u "Valensiya" tarkibida ijara asosida to'p surmoqda.

"Menga "Real" va "Atletiko"dan qiziqishlar bo'layotgani haqida aytishdi, ammo men bu haqida o'ylamayapman. "Qirollik klubi" ketma-ket ikki marta Chempionlar Ligasini yutdi, "Atletiko" bo'lsa har doim grandlar qatorida. Men uchun ularning menga qiziqishlari muhim. Biroq, hozirgi paytda menga o'yin amaliyoti muhim va buni men "Valensiya"da olmoqdaman. Hozirda Ispaniyada baxtliman, lekin hech kim kelajagi haqida hech narsa deya olmaydi," - deydi portugaliyalik futbolchi Marca nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, 20 yoshli futbolchiga "Real" bundan 3 yil oldin "Benfika"da to'p surayotgan payti ham qiziqish bildirgan edi, biroq yakunda "yangi Ronaldu" deb qaralayotgan futbolchini "PSJ" ilib ketgandi. Hozirgi kunda Gedesh La Ligada 9 o'yinda maydonga tushib (7 ta asosiy) 3 ta gol va 4 ta golga assistentlik qildi.

BestMaster
7 Noyabr 2017, 19:20
valensiya, futbolchisiga, qiziqmoqda,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 rm87isco  
Unchalimas oyinini kordim undan xames va kovachich yahshi. Togrisi zahiraga arzidi tipa sebalos kabi
7 Noyabr 2017, 20:05
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads