Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!

"Manchester Siti"da dunyoning eng qimmat tarkibi mavjud

Futbol observatoriyasi CIES TOP-5 chempionatda ishtirok etadigan eng qimmat tarkibga ega klublar nomini e'lon qildi.

Unga ko'ra Angliyaning "Manchester Siti" klubi dunyoning eng qimmat tarkibi ega ekanligini aniqlandi. Undan keyingi o'rinlarda "Tottenhem", "Barselona" va "Chelsi" klublari joy olgan. Bu to'rtta klub futbolchilarining narxi umumiy hisobda 1 mlrdan oshadi.

Aniqlangan ma'lumotlarga ko'ra "Siti" tarkibidagi eng qimmat futbolchi Kevin de Bruyne bo'lib, uning narxi 144,5 mln yevroni tashkil etadi. Undan tashqari Leroy Sane (118,4 mln), Raxim Sterling (118,2 mln yevro) va Gabriel Jezus (105,4 mln yevro).

"Tottenhem" tarkibidagi eng qimmat futbolchi esa Xarry Keyn bo'lib, uning narxi 186 mln yevroni tashkil etadi. Kuchli uchlikdan o'rin olgan "Barselona" tarkibidagi eng qimmat futbolchi Luis Suarez deb topildi. Suarezning narxi 134 mln yevro, Lionel Messiniki esa 117,3 mln yevroga teng.

"Real Madrid" tarkibidagi eng qimmat futbolchi esa Krishtianu Ronaldu uning narxi 96 mln yevro baxolandi.

TOP-10:

1. Manchester Siti — 1,196 mlrd yevro

2. Tottenxem — 1,173 mlrd yevro

3. Barselona — 1,130 mlrd yevro

4. Chelsi — 1,044 mlrd yevro

5. Manchester Yunayted — 919 mln yevro

6. Real Madrid — 903 mln yevro

7. Liverpul — 901 mln yevro

8. PSJ — 864 mln yevro

9. Atletiko Madrid — 800 mln yevro

10. Yuventus — 743 mln yevro

BestMaster
7 Noyabr 2017, 17:00
manchester, sitida, dunyoning, qimmat, tarkibi, mavjud,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017