Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real» yirik hisobdagi g'alabani rasmiylashtirdi

Ispaniya chempionatining 11-turi doirasida «Real» o'z maydonida «Las-Palmas»ni qabul qilib, yirik hisobda g'alaba qozondi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 11-turi doirasida «Real» o'z maydonida «Las-Palmas»ni qabul qilib, yirik hisobda g'alaba qozondi.

Mehmonlar to'pni yaxshi nazorat qilib, madridliklarga muammo yaratishga harakat qilishdi. Ammo mahoratli futbolchilardan tashkil topgan "Qirollik klubi"ning ochko yo'qotishga haqi qolmagandi. Zidan shogirdlari o'zlari yaratgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, ketma-ket ikkita mag'lubiyatdan keyin g'alaba qozonishdi.

Birinchi bo'lim tugashiga yaqin Kazemiro burchakdan etkazilgan uzatmani bosh bilan darvozaga joylagan bo'lsa, ikkinchi bo'lim boshida Asensioning olis masofadan yo'llagan juda kuchli zarbasi oldida "Las-Palmas" darvozaboni ojiz qoldi. O'yin tugashiga 16 daqiqa qolganida Isko yakuniy hisobni o'rnatdi.

Ushbu g'alabadan keyin "Real" o'z ochkosini 23taga etkazib, "Atletiko" bilan birga 3 va 4-o'rinlarni egallab turishibdi.

Ispaniya La ligasi, 11-tur
Real Madrid – Las-Palmas 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 41 Kazemiro, 2:0 – 56 Asensio, 3:0 – 74 Isko.
Real Madrid – Kasilya, Nacho, Valexo, Ramos, Marselo, Kroos (Sebalos, 78), Kazemiro (Lorente, 68), Isko, Asensio, Ronaldu, Benzema (Vaskes, 75).
Las-Palmas – Lisoain, Masedo, Ximo Navarro, Lemos, Bigas, Kastelyano, Gomes (Remi, 64), Kastelyano, Akvilani (Santana, 83), Kaleri, Vitolo.
Ogohlantirishlar: Isko (45), Kroos (64), Ximo Navarro (79).

BestMaster
6 Noyabr 2017, 08:10
liga, «real», yirik, hisobdagi, galabani, rasmiylashtirdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
ferinand
 ferinand  
Амаллашибди
6 Noyabr 2017, 08:26
 jakee  
yutmasa bulmasdi
6 Noyabr 2017, 09:19
 an1989  
bo'larakanu
6 Noyabr 2017, 17:25
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads