Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Messida yubiley uchrashuv va alamzada «Real». Ispaniyada navbatdagi tur anonsi

Ispaniya chempionati 11-tur start olish arafasida. «Tribuna» turning asosiy intrigalariga e'tibor qaratadi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionati 11-tur start olish arafasida. «Tribuna» turning asosiy intrigalariga e'tibor qaratadi.

Messi «Barselona» safida 600-uchrashuvni o'tkazadi

Turning markaziy uchrashuvi Kataloniyada, «Kamp Nou» o'yingohida bo'lib o'tadi. «Barselona» hafta boshida Gretsiyada, «Olimpiakos»ga qarshi o'yinda qayd etilgan natijani (0:0) unuttirish uchun muxlislari ko'z o'ngida «Sevilya»ni mag'lubiyatga uchratishi talab etiladi. Kechaning asosiy yulduzi Lionel Messi shu kuni «Barsa» safida 600-uchrashuvda maydonga tushishi kutilmoqda. Andalusiyaliklar jamoasi argentinalik bu futbolchining sevimli klubi hisoblanadi - u Ispaniyada eng ko'p golini shu jamoa darvozasiga yo'llagan (29ta). Bu borada ikkinchi o'rinda «Atletiko» (27), uchinchi va to'rtinchi o'rinlarda «Real» hamda «Valensiya» jamoalari (24). Mehmonlar jamoasi o'tgan oy boshidagi inqirozdan endi chiqib kelmoqda, jamoa o'tgan turda «Leganes»ni mag'lub etib, Ispaniya chempionatidagi ahvolini, EChLning o'tgan turida esa «Spartak»ni mag'lub etib, guruhdagi vaziyatni yaxshilab oldi.

Shu bilan birgalikda, «Sevilya» kataloniyaliklar jamoasi ustozi Ernesto Valverde uchun noqulay raqib. Shanba kungi o'yin uning uchun «Sevilya»ga qarshi yigirmanchi o'yin bo'ladi. U o'z faoliyatida bu jamoaga qarshi juda yomon statistika qayd etgan: shu vaqtgacha turli jamoalar boshqaruvida o'tkazilgan 19 o'yinda 8 g'alaba, bir durang va 10 mag'lubiyat. Yana bir e'tiborli jihat, Ernesto futbolchiligida «Barselona» safida ilk golini «Sevilya» darvozasiga yo'llagan.

«Real» «Las Palmas»ni «toptap tashlaydi»mi?

«Qirollik klubi» og'ir davrni boshdan kechirmoqda. Ispaniya chempionati startidagi 10 turda ikki mag'lubiyat qayd etildi va jamoa «Barselona»dan 8 ochkoga ortda qolib ketdi. Zidan shogirdlari juda kam gol urmoqda - 10 o'yinda 19ta gol. Jamoaning eng yaxshi to'purari 3tadan gol urgan Marko Asensio va Isko bo'lib turibdi. O'yingacha Garet Beyl safga qaytishi kutilmoqda. Balki aynan u «qaymoqranglilar»ning omadsiz davrini yakunlab berar?

«Las-Palmas» jiddiy qarshilik ko'rsatishini kutish qiyin. Jamoa turnir jadvalida oxirgi o'rinlarda bormoqda. «Real» esa «Santyago Bernabeu»dagi o'yinlarda ko'proq ochko yo'qotmoqda: 2 g'alaba, 2 durang va 1 mag'lubiyat. Lekin orol jamoasi sentyabr oyidan buyon g'alaba nimaligini bilmagan: 6 mag'lubiyat. Yakshanba kuni bo'lib o'tadigan o'yinda «Las-Palmas» qatorasiga 7 mag'lubiyat qayd etgan jamoalar qatoriga qo'shilishi haqiqatga yaqin. Madridliklar esa chempionlik poygasiga qaytish uchun g'alaba qozonishi, yirik hisobda g'alaba qozonishi kerak.

«Valensiya» va Dzadza tarix yaratmoqda

«Ko'rshapalaklar» jamoasi tarixiy natija o'rnatib bo'ldi. Bu jamoa o'z tarixidagi eng yaxshi startni namoyish etdi: mavsumdagi 10 o'yinda 7 g'alaba va 3 durang. Navbatdagi rekord qatorasiga 7 o'yindagi g'alaba bo'lishi mumkin. «Valensiya» hali bunday natijaga erishmagan. «Leganes»ga qarshi o'yinda esa buni amalga oshirish imkoniyat chegarasida. Madrid atrofidagi hudud jamoasi o'zi uchun debyut bo'lgan o'tgan mavsumda 4 marta «Valensiya»ga qarshi o'ynagan (Kubok doirasida ikki o'yin) va har safar valensiyaliklar g'olib chiqqan. Bu jamoani shanba kuni Valensiyada juda qiyin o'yin kutib turibdi.

«Valensiya»da «ochilgan» Simone Dzadza chempionatda 9ta goli bilan Lionel Messidan keyin (13 gol) ikkinchi o'rinda bormoqda. U qatorasiga La Liganing etti turida gol urish orqali 1944 yilda Edmundo Suares tomonidan o'rnatilgan rekordni takrorlashi mumkin.

4 noyabr, shanba
17:00. VALENSIYa – LEGANES.
20:15. DEPORTIVO – ATLETIKO.
22:30. ALAVES – ESPAN'OL. 
00:45. BARSELONA – SEVIL'Ya.
5 noyabr, yakshanba
16:00. LEVANTE – JIRONA.
20:15. SEL'TA – ATLETIK.
22:30. REAL SOS'EDAD – EYBAR. 
22:30. VIL'YaRREAL – MALAGA.
00:45. REAL – LAS PAL'MAS.

№JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatT-NOchko 1 Barselona 10 9 1 0 28-3 28 2 Valensiya 10 7 3 0 27-11 24 3 Real Madrid 10 6 2 2 19-9 20 4 Atletiko 10 5 5 0 15-6 20 5 Sevilya 10 6 1 3 11-9 19 6 Vilyarreal 10 5 2 3 16-11 17 7 Leganes 10 5 2 3 9-5 17 8 Betis 11 5 2 4 21-20 17 9 Real Sosedad 10 4 2 4 21-20 14 10 Xetafe 11 3 4 4 15-13 13 11 Espanol 10 3 4 3 9-12 13 12 Levante 10 2 6 2 11-13 12 13 Jirona 10 3 3 4 11-15 12 14 Selta 10 3 2 5 19-16 11 15 Atletik Bilbao 10 3 2 5 10-12 11 16 Deportivo 10 3 2 5 13-19 11 17 Eybar 10 2 2 6 5-22 8 18 Las-Palmas 10 2 0 8 8-25 6 19 Malaga 10 1 1 8 6-21 4 20 Alaves 10 1 0 9 4-16 3
BestMaster
4 Noyabr 2017, 09:10
messida, yubiley, uchrashuv, alamzada, «real», ispaniyada, navbatdagi, anonsi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads