Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

“Real”ning muvaffaqiyati siri nimada?

“Qirollik klubi” har doim yulduzli tarkibga ega bo'lib kelgan.

.
- Yuklab olish

“Qirollik klubi” har doim yulduzli tarkibga ega bo'lib kelgan.

Bir paytlar Bekxem, Ronaldo, Raul, Figu kabi mahoratli futbolchilar Madrid klubi safida harakat qilishgan. Biroq har doim ham “Real” katta yutuqlarga erishavermagan, hatto ketma-ket ikki mavsumda Chempionlar ligasini qo'lga kiritmagan. Umuman, bunday natija hech qaysi jamoaga nasib etmagan. Ammo ayni damda Madridning “Real”i bunday tarixiy natijani qayd etishga yaqin turibdi!

DASTLABKI OLAMShUMUL REKORD

Zayniddin Zidan shogirdlari “Malaga” darvozasini ishg'ol etishgach, o'ziga xos tarixiy rekord o'rnatishdi, ya'ni butun mavsum davomida har bitta raqiblarining darvozasiga gol kiritishdi. Endi navbat ikkinchi rekordga, ya'ni Evropa Chempionlar ligasini ketma-ket ikki marta qo'lga kiritishga.

Bunday omadli yurishning asosiy sababi shundaki, Zidan o'yinchilarning ortiqcha charchab qolmasligi yoki jiddiy jarohat olmasligini ta'minlay oldi (Beyl bundan mustasno). Ko'pchilik mavsum boshida Zidanni tarkibni ko'p almashtirishda, bu bilan ko'p tajriba o'tkazganlikda ayblagandi. Ammo, mavsum so'nggida ma'lum bo'ldiki, Zidanning rotatsiyasi o'zini oqladi — “Yuventus”ga qarshi EChL finalidan oldin jamoaning hamma futbolchisi o'yinga shay turibdi.

Yana bir jihat, “Real”da ikkinchi tarkib degan tushunchaning yo'qligi, ya'ni kuch jihatdan bir-biriga teng bo'lgan ikkita tarkib bor. Masalan, Kiko Kasilyaning Navasdan kam joyi yo'q, buni o'zi maydonga tushgan o'yinlarda isbotlab bergan. Yoki Marselo, Ramos, Karvaxal, Pepening o'rnini Varan, Danilo, Nacho, Koentrau kabi himoyachilar bilan almashtirsa ham bo'ladi. Yarim himoyada esa Kroos, Kazemiro, Modrichning o'rniga munosib ravishda Xames, Kovachich, Asensioni tushirsa ham bo'ladi. Hujum chizig'i bo'lmish Ronaldu — Beyl — Benzemaning o'rnini Lukas Vaskes — Isko — Morata bilan to'ldirsa bo'ladi. Demak, teng kuchli ikkita tarkib quyidagicha bo'ladi:

— Navas, Marselo, Pepe, Ramos, Karvaxal, Kroos, Kazemiro, Modrich, Ronaldu, Beyl, Benzema.

— Kasilya, Varan, Danilo, Nacho, Koentrau, Xames, Asensio, Kovachich, Vaskes, Isko, Morata.

Bu tarkibning har ikkisi ham ajoyib o'yin ko'rsata oladi. Ehtimol, bu futbolchilardan birortasi keyingi mavsumda boshqa jamoa safiga o'tar, ammo Zidan ketganlarning o'rnini boshqa futbolchi bilan to'ldirishi tayin.

NAVBAT YaNA BIR TARIXIY NATIJAGA

Endi 3 iyun kuni Zidan shogirdlari Allegrining qo'shini sinovidan o'tishadi. Ayni damda 24-25 ta o'g'loni jangga shay turgan qo'mondon raqibini engib o'tishga harakat qiladi.

Agar “Real” EChLni yana bir marta mag'lub etsa, jamoa ham, Zidan ham mutlaq rekord o'rnatgan hisoblanadi. Kim nima desa desin-u, agar shunday natija qayd etilsa, Zidan yilning eng yaxshi murabbiyi bo'lishga munosib. Yo'q, Zidan tajribasiz, “Real”ning o'zi kuchli, deyishga shoshilmang, “Real”ning tarkibi bundan ham kuchli bo'lgan paytda Zidandan ham tajribali murabbiylar ketma-ket ikki yil EChLni qo'lga kiritmagan. Demak, gap faqat tajribada emas, omadda ham. Omad esa har doim kuchlilarga boqadi.

BestMaster
22 May 2017, 14:54
“real”ning, muvaffaqiyati, siri, nimada?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
ramos
 ramos  
navbat ECHL olg'a Real Madrid
22 May 2017, 16:01
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads