Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Maurisio Pochettino: «Futbolchilar yuqori saviyaga ko'tarilishlari uchun «Real» kabi kuchli jamoalarni yana va yana mag'lub etishlari kerak»

«Tottenxem» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Evropa chempionlar ligasining 4-turi doirasida bo'lib o'tgan «Real»ga qarshi o'yin (3:1) borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

.
- Yuklab olish

«Tottenxem» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Evropa chempionlar ligasining 4-turi doirasida bo'lib o'tgan «Real»ga qarshi o'yin (3:1) borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

 «Real»ni mag'lub etish uchun sen eng yaxshi o'yiningni ko'rsatishing kerak. Biz shunday o'yin namoyish qildik va g'alaba qozondik.

Har qanday murabbiy turli o'yin uslublarini tahlil qiladi, raqibga muammo yaratish imkoniyatlarini izlaydi. O'yindan oldin biz «Real»ni, ular esa bizni o'rganishgan.

Asosiysi — raqib himoyasiga bosim o'tkazish edi. "Real" himoyachilarimizning ortiga to'pni etkazishga harakat qilganini barcha ko'rdi, biz ham shunday qilishga intildik.

Men uchun eng muhimi, jahonning eng yaxshi jamoasi fonida raqobatbardosh o'yin ko'rsatdik. Eng kuchli raqiblarga qarshi o'ynayapmiz. Yanada yuqori saviyaga ko'tarilish uchun ularni yana va yana mag'lub etishimiz kerak. Futbolchilar oldinga intilishni istashlari lozim.

Bunday o'yinlar bizni Evropada yanada taniqli jamoaga aylantiradi. Biz pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritib bo'ldik. O'tgan mavsumga qaraganda oldinga qadam tashladik. Umid qilaman, qur'a biz uchun omadli keladi», – dedi Pochettino.

BestMaster
2 Noyabr 2017, 07:30
maurisio, pochettino, «futbolchilar, yuqori, saviyaga, kotarilishlari, uchun, «real», kabi, kuchli, jamoalarni, yana, yana, maglub, etishlari, kerak»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 ibrohimov  
Iflosla 1-goli afsaid edi wu gol bo'masa qolaydi
2 Noyabr 2017, 07:37
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads