Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!

Zidan «Real»ning mag'lubiyati sababini izohladi

«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Evropa chempionlar ligasining 4-turi doirasida «Tottenxem»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (1:3) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

.
- Yuklab olish

«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Evropa chempionlar ligasining 4-turi doirasida «Tottenxem»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (1:3) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

«Hayotda hamma narsani boricha qabul qilish kerak bo'ladi. Albatta, futbolchilarning kayfiyati yaxshi emas. Mag'lubiyat biz uchun og'ir zarba bo'ldi, lekin biz bunga munosib edik. «Tottenxem» haqli ravishda g'alaba qozondi. Biz esa vaziyatdan chiqib ketishni bilamiz.

Biz bugun EChL bahsini boy bergan bo'lsak, 3 kun avval Ispaniya chempionatida yutqazgandik. Bundan xursand emasmiz, bunga xursand bo'lishga haqimiz yo'q. O'zimizni yomon his qilyapmiz. G'alaba qozonganingda — xursand bo'lasan. Mag'lub bo'lganingda esa qovoq solib olish kerak emas. Bu futbol. Oldimizda o'yinlar ko'p va vaziyatni o'zgartirish imkoniyatiga egamiz.

Odamlar istagan narsasini o'ylashi mumkin, ammo biz inqirozda emas, bu ruhiy tushkunlik emas. Ba'zida kam vaziyat yaratib, gol urasan. Bugun esa teskarisi bo'ldi. Bizda hisobni tenglashtirish uchun imkoniyatlar bo'ldi, ammo, buning o'rniga raqib darvozamizga 3ta gol urdi.

Raqib bugun barcha jihatdan bizga nisbatan yaxshiroq ko'rindi. Mag'lubiyatimizning sababi oddiy — biz gol ura olmadik. Men xavotirda emasman. Jamoada tajribali futbolchilar, chempionlar yig'ilgan. Hammasi yaxshi bo'ladi», – dedi Zidan.

BestMaster
2 Noyabr 2017, 07:20
zidan, «real»ning, maglubiyati, sababini, izohladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 ibrohimov  
Iloyim yaxwi bo'sin
2 Noyabr 2017, 07:44
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017