Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

EChL. «Real»Londonda «Tottenxem»ga qarshi, Italiyada esa o'zgacha o'yin

Bugun, 1 noyabr chorshanba kuni Evropaning muhtasham arenalarida Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 4-tur o'yinlari davom ettiriladi.

.
- Yuklab olish

Bugun, 1 noyabr chorshanba kuni Evropaning muhtasham arenalarida Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 4-tur o'yinlari davom ettiriladi.
 
4-turning birinchi kunidagi natijalari bilan avvalroq xabar berib o'tgandik.
 
Demak, bugun “E”, “F”, “G” va “H” guruhlaridan o'rin olgan jamoalar bir-birlari bilan bahs olib borishadi.
 
“E” guruhida Rossiyaning “Spartak” klubi Ispaniyaga safar uyushtirib, “Sevilya” mehmoni bo'lsa, “Liverpul” o'z maydonida “Maribor” jamoasini qabul qiladi.
 
“Manchester Siti” Italiyada “Napoli” bilan qizg'in kurash olib borishi aniq.
 
Chunki “Napoli” hamda “Manchester Siti” hozirda Evropaning eng kuchli beshlik chempionatlari orasida eng ko'p gol urgan va eng kam to'p o'tkazib yuborgan jamoalar hisoblanishadi.
 
Birinchi o'yinni o'z maydonida o'tkazgan angliyaliklar 2:1 hisobida g'alaba qozonishgani haqida xabar bergandik.
 
“F” guruhida yana ikki jamoa o'rin olgan bo'lib, unda “Shaxtyor” Ukrainada Gollandiyaning “Feyenoord” klubi bilan bellashadi.
 
Gemaniyaning “RB Leyptsig” jamoasi “Portu” maydoniga safar uyushtirib, faqat g'alaba uchun maydonga tushsa, “Beshiktosh” Turkiyada “Monako” ustidan g'alaba qozonish harakatini qiladi.
 
Germaniyaning yana bir jamoasi “Borussiya” o'z maydonida Kiprning APOEL jamoasini sinovdan o'tkazadi.
 
Turning markaziy o'yini tabiiyki, Angliyada bo'lib o'tadi. Unda “Tottenxem” klubi Madridning “Real” jamoasini qabul qiladi.
 
Har ikki jamoa ham keyingi bosqichga chiqish uchun da'vogarlik qilishmoqda. Mehmonlar safida Krishtianu Ronaldu jamoasiga yordam bera oladi. Biroq “Tottenxem” to'purari Xarri Keyni kichik jarohati tufayli muhim o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.
 
“Beshiktosh”–“Monako” uchrashuvidan tashqari, barcha matchlar Toshkent vaqti bilan 2 noyabr kuniga o'tar kechasi soat 00:45 da boshlanadi. Turkiyadagi o'yin esa 22:00 da start oladi.
 
E guruhi
 
“Sevilya–“Spartak”.
2 noyabr, 00:45, “Ramon Sanches Pisxuan” stadioni.
 
“Liverpul”–“Maribor”.
2 noyabr, 00:45, “Enfild” stadioni.
 
“F” guruhi
 
“Napoli”–“Manchester Siti”.
2 noyabr, 00:45, “San-Paolo” stadioni.
 
“Shaxtyor”–“Feyenoord”.
2 noyabr, 00:45, “Metallist” stadioni.
 
“G” guruhi
 
“Portu”–“RB Leyptsig”.
2 noyabr, 00:45, “Dragau” stadioni.
 
“Beshiktosh”–“Monako”.
1 noyabr, 22.00, “Vodafon-Arena” stadioni.
 
“H” guruhi
 
“Tottenxem”–“Real”.
2 noyabr, 00:45, “Uembli” stadioni
 
“Borussiya” Dortmund–APOEL.
2 noyabr, 00:45, “Signal Iduna Park” stadioni.

Akmalxon Eshonxonov

BestMaster
1 Noyabr 2017, 22:10
«real»londonda, «tottenxem»ga, qarshi, italiyada, ozgacha, oyin,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads