Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real» & «Barselona», ehtiyot bo'l, shonli «Valensiya» qaytmoqda!

“Los Che” bir paytlar faqat “Real Madrid” va “Barselona”dan keyin kelardi va bu mavsumda nihoyat ular yana La Liga uchun kurashda ishtirok etadigandek ko'rinmoqda.

.
- Yuklab olish

“Los Che” bir paytlar faqat “Real Madrid” va “Barselona”dan keyin kelardi va bu mavsumda nihoyat ular yana La Liga uchun kurashda ishtirok etadigandek ko'rinmoqda. La Ligada engilmas jamoalardan biri bo'lib turgan “Valensiya” haqida Goal nashri tahlilchisi Ben Xeyvard o'z mulohazalari bilan o'rtoqlashdi.

Ular o'zlarini “el tercer grande” deb atashardi. “Atletiko Madrid” 2013-14-yilda chempionlikni nishonlaganidan oldin, Ispaniyaning ikki grand jamoasidan tashqari, Primerani oxirgi marta yutgan jamoa aynan “Valensiya” edi. U 2002 va 2004-yilda shohsupaning yuqorisiga chiqqan edi. Oldinlari ular mamlakatning uchinchi eng yirik jamoasi edi.

Bu sovrinlardan tashqari, “Mestalya”dagilar 2000 va 2001-yilda ketma-ket Chempionlar Ligasi finaliga guvoh bo'lgandi. Biroq, ular “Real Madrid” va “Bavariya”ga imkoniyatni boy berishgandi. 2004-yilda esa UEFA Kubogini yutib olishdi. Ajoyib damlar edi!

2007-08-yilda Ronald Kuman qo'li ostida kuchsiz mavsumni o'tkazganiga qaramay, “Valensiya” Kopa del Reyni yutib olgan edi. Unay Emeri boshchiligida “ko'rshapalaklar” 2010-12-yillarda chempionatni uch mavsum qatorasiga 3-o'rinda yakunladi.

Muxlislar albatta bundan qoniqishmadi, kuchli etakchilar esa birin ketin jamoani tark etdi. Xuan Mata, David Silva va David Vilyalar barchasi ketib qoldi. Klub bo'ynidagi katta qarz esa “Valensiya”ni yangi stadionini ham tashlab ketishiga majbur qildi.

2015-yilda yana Chempionlar Ligasiga qaytgan “ko'rshapalaklar” o'z o'yinlarini ko'rsata olmadi va bosh murabbiy Nuno jamoadan ketishiga to'g'ri keldi. Uning o'rniga hech qanday tajribaga ega bo'lmagan Gari Nevill keldi va buni 

isbotladi ham. U “Barselona”ga qaqshatgich 7-0 hisobida yutqazib qo'ydi, kamiga Chempionlar Ligasiga chiqishni ham uddalay olmadi.

Qayta tiklanish esa vaqt oldi. 2015-16-yilgi mavsumda klub 12-pog'onani egalladi va bu keyingi mavsumda ham takrorlandi. Jamoa esa endi Ispaniyada ...

Davomi

BestMaster
31 Oktyabr 2017, 19:10
«real», «barselona», ehtiyot, shonli, «valensiya», qaytmoqda!,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
jakk
 jakk  
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
31 Oktyabr 2017, 20:53
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads