Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!

Zidan: Primero lideridan 8 ochko ortda qolmoqdamiz, bu hech narsani anglatmaydi

"Real Madrid" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Jirona"ga qarshi uchrashuvdan so'ng intervyu berib o'tdi.

Зидан: "Это поражение лишь вопрос потери концентрации"

"Biz ikkinchi golni kirita olmadik. Dastlabki taymni yaxshi o'tkazdik, biroq bu futbol - mayda detallarga ham e'tibor qaratish zarur. Raqiblar birinchi golni outdan o'yinga kiritish orqali kiritishdi va biz bu epizodga tayyor emas edik. Bu haqida to'xtalishni xohlamayman, qaytaraman dastalbki bo'limda yaxshi o'yin ko'rsatdik, lekin ikkinchi bo'lim rejadagidek kechmadi. "Jirona" esa ikkinchi bo'limda kuchli o'yin ko'rsatdi. Shuni yodda tutish kerak La Liga uzoq karvon yuradigan turnir, oldinda ko'p uchrashuvlar bor va men bundan xavotirda emasman. Biz vaziyatni yana o'z xoliga qaytara olamiz."

Ishtiyoq haqida:

"Futbolchilar kuchli mehnat qilishmoqda. Buni ularni yuzidan bilib olish qiyin emas. Biz faqat 3 ochko yo'qotdik va hozirda Primero lideridan 8 ochko ortda qolmoqdamiz. Bu hech narsani anglatmaydi, bizning raqiblar ham mavsum yakunigacha ochko yo'qotadi va biz uchun eng kun bo'ladi."

Chempionlar Ligasi haqida:

"Endi biz dam olishimiz kerak va chorshanba kuni Chempionlar Ligasida og'ir uchrashuvda maydonga tushamiz. Hozir bu uchrashuvni unitib "Uembli"dagi baxs haqida o'ylash zarur."

Garet Beyl haqida:

"U reja asosida tiklanish mashqlarini bajarmoqda. Mag'lubiyatga uchragan uchrashuvdan so'ng biz xursand bo'la olmaymiz. Bugun biz uchun yomon kun, endi jamoam bilan uyga qaytamiz, dam olamiz va yana energiya to'plashimiz kerak."

BestMaster
30 Oktyabr 2017, 23:30
zidan, primero, lideridan, ochko, ortda, qolmoqdamiz, hech, narsani, anglatmaydi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017