Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Varan "Real" tarkibidagi 200-o'yinida maydonga tushdi

Fransiyalik himoyachi Rafael Varan "Qirollik klubi" tarkibida barcha rasmiy turnirlardagi 200-uchrashuvini o'tkazdi.

 

Rafa "Real" tarkibidagi 7-mavsumini o'tkazmoqda. "Qirollar" u maydonga tushgan o'yinda 146 marta g'alaba qozongan bo'lib, Varanning o'zi bu o'yinlarda 10 marta raqiblar darvozasini nishonga olgan. Uning 200 ta rasmiy o'yini 6 ta turnirlarda ishtiroki orqali yuzaga kelgan: La Liga (120), Chempionlar Ligasi (53), Ispaniya Kubogi (18), Klublar o'rtasidagi jahon chempionati (4), Ispaniya Superkubogi (3) va UEFA Superkubogi (2).

Varanning "blancos"lar tarkibida eng ko'p o'yin o'tkazgan mavsumi 2014/15-yilgi mavsumga to'g'ri keladi. O'shanda Rafael barcha turnirlarda 46 marta maydonga tushgan edi. Uning "Real" libosidagi debyuti 2011-yil 21-sentyabr sanasida "Rasing"ga qarshi (0:0) uchrashuvda bo'lgan edi.

BestMaster
30 Oktyabr 2017, 22:50
varan, real, tarkibidagi, 200-oyinida, maydonga, tushdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads