Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Pablo Machin: «Real»ni mag'lub etishimizga ishongandim»

"Jirona" bosh murabbiyi Pablo Machin "Real"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (2:1) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

.
- Yuklab olish

"Jirona" bosh murabbiyi Pablo Machin "Real"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (2:1) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

G'alaba haqida
«Ushbu g'alaba xotiramda uzoq vaqt saqlanib qoladi. Chempionat debyutanti deyarli 30 yildan beri «Real»ni mag'lub eta olmayotgan edi. Biz esa buni uddaladik. Bugun biz g'alabaga munosib o'yin ko'rsatdik. Tanaffusda men futbolchilarga, agar shunday o'ynashda davom etsak, g'alaba qozonishimiz mumkinligini aytdim. Biz Evropa chempionlar ligasi g'olibini mag'lub etdik. Ammo hozirgi formamiz 4 kun avvalgiga nisbatan yaxshi emas. Biz bor e'tiborimizni Primeradan jon saqlab qolish uchun kurashga qaratamiz.

Qay biri yaxshiroq: bugungi g'alaba yoki La ligaga chiqish
«La ligaga chiqmasak, bugungi g'alaba bo'lmasdi. Jahonning eng yaxshi jamoasi bilan tengma-teng o'ynadik. Bu g'alabani bizni uzoq vaqtdan beri qo'llab-quvvatlab kelayotgan muxlislarga bag'ishlaymiz. Stadiondagi bugungi muhim bizga katta yordam berdi. Agar 3 yil avval kimdir menga «Real»ni mag'lub etishimni aytganida, men uni jinniga chiqargan bo'lardim».

O'yin haqida
«Yutqazayotgan paytimizda ham xotirjamlikni saqlab qoldik va belgilab olingan reja bo'yicha harakat qilishda davom etdik. Biz kurashdik va g'alaba qozondik — bu eng muhimi»

«Biz «Madrid»ni mag'lubiyatga uchratgan ekanmiz, demak, har qanday raqib bilan kurasha olamiz. «Jirona»ni qabul qilib olganimda, jamoa Segunda B ligasida o'ynardi. Hozir esa biz Primeradamiz va Evropa chempionini mag'lub etdik».

Jamoaga ishonch haqida
«G'olib chiqishimiz mumkinligiga rostdan ham ishongandim. Men bunga tanaffusga qadar ishongandim. 0:1 hisobi adolatli hisob emas edi va biz mag'lubiyatga munosib emasdik. Bugungi o'yinimiz orqali "Real" darvozasini 2 marta ishg'ol qildik».

BestMaster
30 Oktyabr 2017, 12:10
pablo, machin, «real»ni, maglub, etishimizga, ishongandim»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 ibrohimov  
Biyingni omini yepsan qeringdan fol ochding tasodif bo'lib yutib qoldingda
30 Oktyabr 2017, 17:46
 Anas  
Dalboyov o'zini muncha katta olmasang kanday bo'lib ketdida hali ko'rasan ham yig'laysan Hudo hohlasa
30 Oktyabr 2017, 18:11
 ronaldu_98  
madridga kelsang enangning amiga kirasan
30 Oktyabr 2017, 18:11
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads