Tarixda yaxshigina klublar "Real"ga qarshi debyut o'yinlarida g'alaba qozonishga erishgan. So'nggi bor 27 yil oldin aynan La Liga debyutantiga mag'lub bo'lgan edi.
1990-yil 27-oktybar kuni "Real Burgos" jamaosi "Qirollik klubi"ni taslim etgan edi. O'shanda madridliklar ustozi Jon Toshak bo'lib tarkibda Ugo Sanches, Emilio Butragenyo, Pako Buyo, Manolo Sanchis, Fernando Yerro va Michel kabi afsonalar to'p surgan bo'lsada debyutantda mag'lub bo'lgan edi (2:1).
Shu paytgacha umumiy hisobda 10 ta klub La Ligadagi debyutida "Real" ustidan g'alaba qozongan: "Espanyol", "Arenas", "Real Ovedo", "Real Mursiya", "Real Saragosa", "Deportivo", "Rayo Valekano" va "Kadis".