Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

“Real” va “Barselona” bortda, ammo Qirol Kubogi yangi formatga muhtoj

Ispaniyaning ikki etakchisi daslabki bahsda g'alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqishni deyarli naqd qilishdi, ammo Qirol Kubogini yanada qiziqarliroq qilish vaqti keldi.

.
- Yuklab olish

Ispaniyaning ikki etakchisi daslabki bahsda g'alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqishni deyarli naqd qilishdi, ammo Qirol Kubogini yanada qiziqarliroq qilish vaqti keldi. Goal tahlilchisi Ben Xeyvard huddi shu fikrni ilgari surmoqda. Shunday qilinsa, musobaqa o'zgacha jozibaga ega bo'ladi.

Qirol Kubogida bu safar ham hech qanday sensatsiya bo'lmadi. Seshanba kuni “Barselona” “Mursiya”ni asosiy tarkib futbolchilarisiz, qiyinchilik bilan 3-0 hisobida enggan bo'lsa, “Real” ham o'z etakchilarisiz “Fuenlabrada”ni 2-0 hisobida mag'lub etdi. O'zgarish qilish vaqti keldi.

Har yili 2009-yilgi “Real”ning “Alkorkon”ga yirik 4-0 ga yutqazgani gapirib kelinadi. Bunday natija “qaymoqranglilar” boshqaruvidagi Manuel Pellegrining davri yakunlanishining debochasi bo'lgan edi.

Biroq, o'shandan beri Qirol Kubogida hech qanday sensatsiya ro'y bermadi. Nega? Chunki, grand jamoalar yanada kuchaygan. Ularning ikkinchi, hatto uchinchi tarkibi ham bunday raqilarni yutib ketaveradiq.

“Barselona” seshanba kuni “Mursiya”ni Pako Alkaser, Jerar Deulofeu va yosh Xose Arnaislarning gollari evaziga mag'lub etdi. Dastlabki ikki futbolchi, kataloniyaliklar tarkibiga kelib qo'shilishdan oldin, mos ravishda “Valensiya” va “Milan”da o'ynagan. So'nggisi esa, “Real Valyadolid”dan olingan noyob iqtidor egasi. “Real Valyadolid” Ispaniya Segundasida ishtirok etadi va raqib “Mursiya”dan bir pog'ona balandda bormoqda. Lionel Messi va uning sheriklarisiz ham, “ko'k-anorranglilar” iqtidorlarga to'la.

Madrid klubi esa Fuenlabradada qattiq ter to'kdi. Ammo ular ham ikki penalti evaziga g'alabani o'ziniki qilib oldi. Gollarga Marko Asensio va Lukas Vaskes mualliflik qilishdi.

Shunga qaramay, bu o'yinda Krishtanu Ronaldu, Marselo, Benzema, Keylor Navas, Serxio Ramos va boshqa asosiy tarkib o'yinchilari ishtirok etmagan bo'lsada, Zinedin Zidan shogirdlari raqib tomonidan haqiqiy tahdidni ko'rmadi. “Barsa” va “Real” uchun javob uchrashuvlari rasmiyatchilikdan boshqa narsa emas.

Mursiya va Fuenlabrada Ispaniyaning ikki grand jamoalarini qabul qilganidan xursand, albatta. Biroq, bir o'yindan keyin musobaqa bilan xayrlashish kishini tashvishlantiradi. Kuchli tomonni o'yinga jiddiy e'tibor qaratishga va muxlislarga jahon saviyasidagi futbolchilarni maydondan turib tomosha qilishlariga imkon yaratishga majburlash kerak.

1/16 bosqichida, ayrim kichik sensatsiyalar ham yuz bergan. “Numansiya” o'yin oxirlarida ikki gol urib, “Malaga”dan ustun kelgan. “Ponferradina” “Vilyarreal”ga qiyinchilik tug'dirgan bo'lsa, “Elche” o'z uyida “Atletiko” bilan durangga erishgan.

Umuman olganda, La Liganing barcha jamoalari keyingi bosqichda, deyishimiz mumkin. Demak, Qirol Kubogi formatini o'zgartiradigan payt kelgan. Angliyadagi kabi, Qirol Kubogi bir o'yinlik qilinsa, bu musobaqaga o'zgacha ishtiyoq, kutilmagan vaziyatlarni taqdim qiladi. Chunki futbol shunisi bilan qiziq.

BestMaster
29 Oktyabr 2017, 00:50
“real”, “barselona”, bortda, ammo, qirol, kubogi, yangi, formatga, muhtoj,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
jakk
 jakk  
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
29 Oktyabr 2017, 07:55
jakk
 jakk  
real yutadi o'zini to'g'rlab olsin
29 Oktyabr 2017, 07:55
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads