Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real» 5 yillik tanaffusdan keyin chempionga aylandi

Ispaniya chempionatining navbatdagi mavsumi yakuniga etdi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining navbatdagi mavsumi yakuniga etdi. So'nggi turda "Malaga" mehmoni bo'lgan "Real" Ispaniya chempionligini qo'lga kiritdi.

Bahsning 2-daqiqasidayoq Ronaldu hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Isko maydon markazida to'pni egallab oldi va portugaliyalik futbolchini birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi. Krishtianu darvozabonni aldab o'tib, bo'sh darvozaga to'pni joyladi.

"Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblangan Sandro Ramires tanaffusga qadar "Real" posbonini ancha qiynadi. Ammo Navas bir nechta seyv namoyish qilib, o'z darvoza daxlsizligini saqlab qoldi.

Ikkinchi bo'lim boshida esa Karim Benzema hisobni ishonchli ko'rinishga keltirdi. Burchakdan etkazilgan Ramos oyoq bilan zarba berdi. Kameni qaytargan to'pni Benzema darvozaga joylab qo'ydi.

O'yin so'ngida "Malaga" futbolchisining zarbasidan keyin to'p to'singa tegib qaytganini ta'kidlash lozim.

"Kamp Nou"da o'tkazilgan o'yinda "Barselona" "Eybar" ustidan irodali g'alabani qo'lga kiritdi. Ammo chempionlik 5 yillik tanaffusdan "Madrid"ga nasib etdi. Bu "Real"nging 33-chempionligi bo'ldi.

Ispaniya La ligasi, 38-tur
MALAGA - REAL MADRID 0:2
21 may, 23.00, «La Rosaleda»
Gollar: 0:1 – 2 Ronaldu, 0:2 – 55 Benzema.
Malaga – Kameni, Vilyanueva, Rikka, Torres, Ernandes, Resio, Kamacho, Fornals, Keko (Chori Kastro, 60), Xoni Rodriges (Duda, 72), Sandro Ramires (Sharles, 69).
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Danilo, Ramos, Isko (Xames, 66), Kazemiro (Kovachich, 66), Kroos, Modrich, Ronaldu, Benzema (Morata, 73).
Ogohlantirishlar: Kameni (56), Xoni Rodriges (57).

BestMaster
22 May 2017, 00:59
«real», yillik, tanaffusdan, keyin, chempionga, aylandi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads