Madridning "Real" klubi yakshanba kuni La Liga 32-turidan o'rin olgan "Atletik"ni o'z maydonida qabul qiladi.
Bellashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanishi rejalashtirilgan. Marca xabariga ko'ra, "qaymoqranglilar" safida Tibo Kurtua, himoyada Fran Garsiya, Antonio Ryudiger, Raul Asensio va Federiko Valverde harakat qiladi. Yarim himoya markazida Luka Modrich, Orelen Tchuameni va Eduardo Kamavinga, yuqoriroqda Jud Bellingem joylashadi. Hujumchilar o'rnini Rodrigo va Vinisius Junior egallaydi.
Eslatib o'tamiz, Kilian Mbappe diskvalifikatsiya tufayli uchrashuvni o'tkazib yuboradi. Manbaga ko'ra, Karlo Anchelotti o'tgan mavsumda jamoaga muvaffaqiyat keltirgan formatsiyaga qaytadi.