Madridning "Real" klubi yakshanba kuni La Liga 32-turida "Atletik" Bilbaoni qabul qiladi.
"Qirollik klubi" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o'yindan oldingi matbuot anjumanida basklar klubini Evropa ligasi yarim finaliga yo'l olgani bilan tabrikladi.
"Ertaga og'ir o'yin o'tkazamiz. "Atletik"ni Evropa Ligasi yarim finaliga chiqqani bilan tabriklayman", - dedi italiyalik mutaxassis.