Karlo Anchelotti vataniga qaytishi mumkin. Italiyalik mutaxassis "Real Madrid" bosh murabbiyligidan chetlatilish xavfi ostida.
Xabarga ko'ra, "Roma" va "Milan" variant bo'lishi mumkin, chunki ikkala klub ham hozirda yangi bosh murabbiy izlamoqda.
Oldinroq Anchelotti Madrid klubidan ketish niyatida emasligini ma'lum qilgandi. Mutaxassisning ishdan bo'shatilishi haqidagi mish-mishlar "Real Madrid" Chempionlar ligasidan chiqib ketganidan keyin kuchaydi.