Chempionlar ligasining yarim finalida to'qnash keladigan jamoalar aniq bo'ldi. Bu bosqichda quyidagi juftliklar o'ynaydi: "Arsenal" — "PSJ", "Barselona" — "Inter".
Football Meets Data platformasi Telecomasia.net nashriga tayangan holda, UEFA tomonidan joriy mavsumda Chempionlar ligasida klublarga to'langan mablag'lar bo'yicha hozirgi paytgacha bo'lgan daromadlarni hisoblab chiqdi.
Hozircha eng ko'p daromad topgan jamoa — "PSJ" — 119,4 million evro. Ikkinchi o'rinda "Inter" — 118,1 million evro, uchinchi o'rinda "Arsenal" — 117 million evro, to'rtinchi o'rinda esa "Barselona" — 116,6 million evro.
Shuningdek, "Bavariya" — 105,9 million evro, Dortmundning "Borussiya" klubi — 102,2 million evro va Madridning "Real" jamoasi — 101,8 million evro ishlab topgan.
Manba ta'kidlashicha, bu rasmiy hisob-kitob emas — ma'lumotlar ochiq manbalar asosida tayyorlangan. Mavsum yakunlangach, UEFA odatda rasmiy daromadlar reytingi e'lon qiladi.
1. PSJ (Frantsiya) – 119,4 mln evro
2. Inter (Italiya) – 118,1 mln evro
3. Arsenal (Angliya) – 117,0 mln evro
4. Barselona (Ispaniya) – 116,6 mln evro
5. Bavariya (Germaniya) – 105,9 mln evro
6. Borussiya Dortmund (Germaniya) – 102,2 mln evro
7. Real Madrid (Ispaniya) – 101,8 mln evro
8. Bayer Leverkuzen (Germaniya) – 98,1 mln evro
9. Atletiko Madrid (Ispaniya) – 87,7 mln evro
10. Aston Villa (Angliya) – 84,9 mln evro
11. Lill (Frantsiya) – 83,7 mln evro
12. Manchester Siti (Angliya) – 74,0 mln evro
13. Benfika (Portugaliya) – 71,4 mln evro
14. Atalanta (Italiya) – 67,1 mln evro
15. Yuventus (Italiya) – 66,4 mln evro
16. PSV Eyndxoven (Niderlandiya) – 64,6 mln evro
17. Feyenoord (Niderlandiya) – 63,0 mln evro
18. Milan (Italiya) – 61,4 mln evro
19. Bryugge (Belgiya) – 59,1 mln evro
20. Monako (Frantsiya) – 58,1 mln evro