"Real Madrid" Chempionlar ligasini tark etganidan so'ng, Karlo Anchelottiga bosim kuchaydi. Klub aprel oyi oxirida, Ispaniya kubogi finalidan so'ng italiyalik bilan xayrlashishi mumkinligi haqida xabarlar bor.
Relevo xabariga ko'ra, Anchelottining o'zi "Real Madrid" shunchaki bosh murabbiyni almashtirish bilan yaxshilanmasligiga ishonmoqda. Mutaxassisning fikricha, klubda faqat murabbiylar shtabidagi o'zgarishlar emas, keng qamrovli islohot kerak.
Qayd etilishicha, Anchelotti iste'foga chiqishni rejalashtirmagan. Italiyalik murabbiy mavsumni yakunlab, keyin rahbariyat bilan muzokaralar olib bormoqchi.