Argentinalik afsonaviy hujumchi Lionel Messi “Real” hujumchisi Kilian Mbappe haqida gapirdi. Uning ta'kidlashicha, frantsuz allaqachon ikki marta jahon chempioni bo'lishi mumkin edi. Biroq JCh-2022 finalida Kilianning gollari Frantsiyani Argentinaga mag'lubiyatdan qutqarib qola olmadi.
Messi jahon chempionatidagi mag'lubiyatlardan hali ham afsusda ekanini tan oldi.
"Mbappe 2018-yilda jahon chempionatida g'olib chiqdi. 2022-yilda u finalda to'rt marta bizga qarshi gol urdi [jumladan, penaltilar bilan], lekin chempion bo'lmadi. Bu aqldan ozganlik. 2014-yilda ham shunga o'xshash narsani his qildim – bu qiynoq edi. Haligacha orqamga qarayman va o'ylayman: Ikki karra jahon chempioni bo'lishim mumkin edi", deydi Messi.