Fichajes portali xabariga ko'ra, "An-Nasr" yozda uchta eng yaxshi transferni maqsad qilgan.
Manbaga ko'ra, Saudiya Arabistoni klubi yozda quyidagi futbolchilarni o'z safiga qo'shib, ular uchun 400 million evro sarflamoqchi va shu yo'l orqali o'z tarkibini kuchaytirishni rejalashtirgan:
Vinisius Junior ("Real")
Gabriel Magalyaes ("Arsenal")
Moyses Kaysedo ("Chelsi").
Joriy mavsumda klub Saudiya Arabistoni chempionatida 27 turdan keyin 57 ochko bilan 3-o'rinda bormoqda.