Mish-mishlarga ko'ra, Londonning "Arsenal" klubi markaziy himoyachisi Vilyam Saliba "Real"ga o'tishi mumkin.
"Kanonirlar" asosiy futbolchisini sotish niyatida emas, shuning uchun yaqin kelajakda kelishuv amalga oshishi dargumon. Transfer News Live nashrining ma'lum qilishicha, "Real" evaziga nafaqat katta pul, balki ikki yosh yulduz - yarim himoyachi Ardu Gyuler va hujumchi Endrikni ham taklif qilsa, "Arsenal" yulduzli frantsuz bo'yicha muzokara o'tkazishga tayyor bo'ladi. Bunday stsenariy, yumshoq qilib aytganda, ehtimoldan uzoq ko'rinadi.
Transfermarkt portali Salibani 80 mln evroga, Gyuler va Endrikni esa mos ravishda 45 va 40 mln evroga baholamoqda.