Chempionlar Ligasi chorak finali doirasidagi ikki o'yin davomida Londonning "Arsenal" jamoasi yugurish masofasi bo'yicha "Real Madrid"ni sezilarli tarzda ortda qoldirdi.
Birinchi o'yinda, "kanonirlar" umumiy hisobda 113,9 km masofani bosib o'tishdi, bu madridliklarga nisbatan 12,7 kmga ko'proqdir. O'sha bahsda "Arsenal" o'z maydonida "Real"ni ishonchli 3:0 hisobi bilan mag'lub etgandi.
Javob uchrashuvida esa londonlik futbolchilar yanada faol harakat qildilar — 117,6 km masofani bosib o'tishdi, "Real" esa ulardan 9,5 kmga kamroq yugurdi. Bu bahsda ham "Arsenal" 2:1 hisobida g'alaba qozondi va jarim finalga yo'l oldi.
Bu statistika jamoalar o'rtasidagi faollik, intizom va jismoniy tayyorgarlikdagi farqni yaqqol namoyon etdi.