Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Gyuler atrofidagi vaziyatni 10 ta klub kuzatib bormoqda

"Real"ni yozda tark etishi mumkin bo'lgan yarim himoyachi Arda Gyuler top-chempionatlarning bir qator klublari e'tiborini tortdi.

.
- Yuklab olish

"Real"ni yozda tark etishi mumkin bo'lgan yarim himoyachi Arda Gyuler top-chempionatlarning bir qator klublari e'tiborini tortdi.

Bu haqda jurnalist Ekrem Qo'nur xabar berdi.

Unga ko'ra, vaziyatni kamida 10 ta jamoa kuzatib bormoqda, xususan: "Bayer", "Leyptsig", "Ayntraxt", "Milan", "Inter", "Sevilya", "Real Sosedad", "Aston Villa", "Arsenal" va "Liverpul".

Yarim himoyachi bu mavsumda kam o'ynadi. Futbolchi La Liganing 21 uchrashuvida 774 daqiqa harakat qildi. Chempionlar ligasida esa 7 uchrashuvda 142 daqiqa maydonga tushdi.

Avvalroq, 20 yoshli turkiyalik futbolchining o'zi Florentino Peres bilan shaxsiy suhbatda bo'lib, u Karlo Anchelotti jamoani boshqarishda davom etishi sharti bilan klubni tark etishini ma'lum qilgandi.

BestMaster
17 Aprel 2025, 22:30
gyuler, atrofidagi, vaziyatni, klub, kuzatib, bormoqda,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017