Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real"ning transfer bozorida faollashishi uchun asos bor

.
- Yuklab olish

«Real» kecha 43 ta kross amalga oshiribdi. Faqat 7 tasi aniq manzilga etib borgan, ammo xavfsiz zarbalar bilan tugagan. 39 marta uzun pas berishga urinilgan.

Tarkibda har qanday vaziyatda gol urishi mumkin bo'lgan futbolchilarning ko'p bo'lishi yaxshi, ularning hammasini maydonga tushirib, nimadandir umid qilsa ham bo'ladi. Ammo tizimli ravishda, masalan har besh minutda kuchli jamoaga qarshi xavfli vaziyatlar yaratish, ya'ni raqib himoyachilarini izdan chiqarish uchun bu etarli emas.

«Real» markazida o'yin tempini nazorat qiladigan va assistdan oldingi pasni amalga oshiradigan futbolchi etishmadi. Shuning uchun ham biz ko'pincha hatto Mbappening ham ortga qaytib, hujum boshlamoqchi bo'lganini ko'rdik.

Ammo hujumni yakunlaydigan emas, uni boshlaydigan, oddiy vaziyatni potentsial xavfga aylantira oladigan futbolchi kerak. Ayniqsa, kechagi stsenariydagi holatlar uchun.

Madridda faqat 40 yoshli Modrich bor xolos. Menimcha, transfer bozorida faollashish uchun asos bor.

BestMaster
17 Aprel 2025, 11:00
realning, transfer, bozorida, faollashishi, uchun, asos,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017