"Real"ning jarohat olgan himoyachisi Dani Karvaxal "Arsenal" vingeri Bukayo Saka haqida gapirdi.
Angliyalik futbolchi Chempionlar ligasi chorak finalining javob uchrashuvining 13-daqiqasida penaltidan foydalana olmadi.
“Kanonirlar” futbolchisi “panenka” qilishga urindi, biroq Tibo Kurtuani mag'lub eta olmadi. Marca nashrining yozishicha, Karvaxalning noroziligi aynan shu erda bo'lgan: u o'zining penalti tepish usulini hurmatsizlik bilan bajargan Sakani tanaffusdan keyin turtib yuborgan.